Предыдущая публикация
Ganimat bil omon-eson yurganing,
Dam shu damdir o'zga dam bo'lmas,
Beqoriga erinib yamon yurganing,
Bu bir xastalikdir aslo emi bo'lmas
Bir qanchalar yurar zar chopon kiyip
O'rtanarlar nafsining o'tiga kuyub
Maqtanishar elga"sufiy man"deyib
Ammo lekin ko'zlarida nam bo'lmas
Hargiz ko'ngil berma yolgon pirlarga
Maqtanib, karomat sotsa sizlarga,
Tilanib kezishar hordir ko'zlarga
Shayton shogirdi hargiz kam bo'lmas
Zalili, so'zlaging har ne bilganing
Tilingda bulmasin giybat-yolgoning
Ulug elning nomiga oshiq bo'lganing
Dunyo uchun yuragida gam bulmas
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев