Qoplar to'lar
To'ymaydi ko'zlar,
"plan" tezroq to'lsa qaniydi.
Tushda to'yib uxlagan qizlar
Menga paxta terishing deydi.
Men yosh edim,
Unda xali g'o'r,
Olov edim yuragimda cho'g'.
Qizchalarga gap otardim zo'r,
Faqat paxta terishdan sal yo'q...
Erta tongdan
Etim junjikib,
Etaklarim xo'l qilib shabnam,
G'o'zalarning gullarin terib
bergan edim Nargizaga ham..!
Endi essiz
Kelganda ham kuz,
Yillar yilga o'xshamay ketar.
Seni izlab borardim afsus
Avtobuslar to'xtamay ketar.
Shitirlaydi yo'limda xazon,
Shamollari mayin soz chalar.
..va yodimga tushadi azon
Paxta dala.
Nargiz ko'zchalar.
...Soyalarda kim yotar mudrab,
Men oftobda paxta tergandim.
Etagiga yuragim o'rab
so'ng qizlarga eltib bergandim.!
Abdulloh Said Murod.!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев