Ex Yesenin,
Dardim yozilgan
she'rlaringdan simiraylik boz,
Zuvaladay pishgan,ezilgan
yuragimga etganing qiyos
Mayxonada darbadaru mast,
G'ingshib yotgan darvesh misoli,
Muhabbatni qilgancha xavas,
urmay qolgan qarg'ish misoli,
xo'v zanglagan ko'zlarda bedor,
nurab bitgan tushlarni ko'rdim.
Bo'salarga lablari xumor,
ko'ngillari toshlarni ko'rdim.
qo'llaridan tutdim ayamay,
yanog'idan tishladim hissiz.
bellaridan quchdimku.
qo'ymay
holu jonim.
o'tlarda essiz.
exx muhabbat
toti achqimtir,
isi dimoq lo'njiga botar.
bir chetining bir cheti kemtik,
o'sha yerda azobi yotar.
tili burro bulbullar sayrang,
och bo'rilar uvlang behijil.
Parivashlar topgani nayrang,
qo'llarimga tutgani ajal.
Toptadilar nomusin tunning,
Sharmisorlik kelmadi malol,
Kayfi oshib telba jununning,
qizligini yo'qotdi hilol.
Bari mening gardanimga yuk,
va hammasin uvoli - yulduz
yengil botmas bittagina so'z,
yurak chidar bariga:
duk.....duk.
Ha Yesenin,
o'zimni otdim
peshonamdan.
Hafsalam qoldi.
Boshdan oyoq firibga botdim,
Faqat ismim gunohsiz qoldi....
Abdulloh O'tkir o'g'li
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев