Buni sezasizmi
yo'qmi bilmayman. Sizni sog'inishim sizga malol
kelmasmikin? Balki yo'lingizda
turishim, qadamlaringizga bosh
urishim sizni ranjitar. Bilasizmi
sizni sevib ming yig'ladim. Bir
kulishni orzu qildim. Ahir men ham baxtli bo'lay deyman. Ehtimol
bu nolalarimni sezmassiz.
Sezganingiz bilan sevarmidingiz?
Ehtimol mana shunday
qiynoqlarga solib o'zingiz rohat
toparsiz. Asli sevilmoq uchun yaralgansiz. Sizni faqat otashin
muhabbat bilan sevish mumkin.
Butun vujudimni egallagan bu
muhabbat nega sizning
qalbingizga kirib bormaydi? Sizni
huddi men kabi borlig'ingizni zabt eta olamaydi. Ehtimol
muhabbatning o'zi ham sizning
qoshingizda bosh egar. Sizni bu
qadar mag'rurligingizdan
shunday hulosa qildim. Bilingki
sizning g'ururingizdan sevgimning qadri baland.
Shundan bilamanki qachondir
mening sevgim sizni
g'ururingizni yengadi va
qalbingizga kirib keladi. Shunda
ehtimol dunyoni asl ranglarda ko'ra boshlarsiz. Ehtimol men
kabi meni sog'inarsiz. Shu kunga
qadar sizni kutaman. Bunga
bardoshim yetadi.
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев