Hozir
darsdamiz…
Yonimda dunyodagi eng chiroyli
qiz o’tiribdi…
Uning yuziga qaragandan uyalib
turibman… Mening qanchalik sevishimni u
bilmaydi…
U mening eng yaqin insonim…
Lekin, u meni oddiygina do’st
deb biladi…
Sababini bilmayman, lekin, o’zimdan uyalib
turibman…
10 - Sinf. Uyda edim… Menga
qo’ng’iroq qilib yigiti bilan
urushib qolganini aytib, men
yonida bo’lishimni iltimos qildi… Keyin yonimga keldi…
Meni quchoqlab rosa
yig’ladi…
Hozir u yonimda…
Tizzamga boshini qo’yib uxlab
qoldi… Sochlaridan silab, go’zal yuzlariga to’yib-to’yib
boqmoqdaman…
Men uni sevaman… Lekin, u meni
oddiygina
do’st deb biladi…
Sababini bilmayman, lekin, o’zimdan uyalib
turibman…
11 - Sinf. Bitiruv kechasi…
Ikkimiz bolalikdan beri
birga ulg’aydik… Bitiruv
kechasiga sherigimiz bo’lmasa birga boramiz deb 8-
sinfda bir-birimizga so’z bergan
edik…
Menga qo’ng’iroq qildi va yigiti
kasal bo’lib
qolganligini aytdi… Keyin, birga boramizmi, deb so’radi…
Rozi bo’ldim… Uyiga
borib bitiruv kechasiga birga
jo’nadik…
Bitiruv kechasidagi eng
chiroyli malika edi… Oppoq ko’ylagi o’ziga
shunday yarashgan ediki,
farishtaning o’zi bo’lib qolgandi…
Tun bo’yi raqsga tushdik…
Qo’llaridan ohista ushlab, uni
qattiq sevarimni aytsammi, deb o’ylab
qo’yardim…
Tongga yaqin uyiga kuzatib
qo’ydim… Hayrlashayotib
yuzimdan o’pib, eng
yaxshi do’st bo’lganimni bildirdi…
Uni chin dildan sevaman…
Lekin, u meni
oddiygina do’st deb bilsa, unga
sevishimni
qanday aytaman… Sababini bilmayman,
lekin, o’zimdan uyalib
turibman…
Oradan yillar o’tdi…
Hozir men eng yaqin
ko’rgan insonimni qora tuproqqa uzatyapman…
Uning buyumlari orasidan yon
daftarcha
chiqibdi, menga berishdi…
Qo’llarim qaltirab yon
daftarchani sekin varaqlay boshladim…
Sahifalarning birida
shunday satrlar bor edi…
“…Hozir darsdamiz…
Yonimda bo’lsa dunyodagi eng
kelishgan yigit o’tiribdi… Yuziga hech to’ymayman… Uni
qanchalik sevarimni u
bilmaydi…
U meni oddiygina do’st
deb biladi… Yigitim bor
deb doimo u haqida yolg’on bahonalarni aytib,
yonida bo’lishga harakat
qilyapman… Men uni jonimdan
ortiq
ko’raman…
Menga bir marotaba, faqat bir marotaba
“SEVAMAN” deb aytganda… Bu
dunyoda mendan baxtli inson
yo’q edi…”
Men bu satrlarni o’qiyotganimda
sevganimni tuproqqa ko’mishdi… Chiday olmay butun
vujudim bilan hayqirib
yubordim… Ko’z
yoshimni hech to’xtata
olmasdim…
Ko’zlarimni uning yangi qo’yilgan qabridan uza
olmasdim…
HAVOTIR OLMA, JONIM…
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев