❤️🔥🪶QALBINGNI UYGʻOT❤️🔥🪶
7-qism. | OʻZINGNI ASRA!
«Zarar eding, har holingda qalbimga zarar eding. Nega, bilasanmi? Chunki men senga qadar qalbimni his qilmagandim»
Bu boʻlim qoʻshigʻi: Dynasty🦋
LARA VINCENT
-Bu yerdan ketishni istayman, hammangizdan nafratlanaman!-deb baqirdim gʻazabimga yengilgancha oʻsha Mister Niqobning ortidan. Meni oʻldirmasdi, buni bilardim. Ammo endi meni deb Riverning joni xatarda. Aslida uning joni ham qiziq emas, ammo qaytishimga yordam beradigan yagona odam u. Boshqa hech kimdan yordam istay olmayman. Zotan, undan yordam istash ham yetarlicha gʻururimga tegyapti. Baqirganim uchun oʻsha ahmoq xonasidan chiqqandi. Temir eshikning ochilganini eshitdim.
-Jahldor goʻzallik?-degan ovozini eshitdim. Jahldor goʻzallik... Har safar turli xil laqablar taqardi. Ahmoq qiz, bagʻritosh qiz, jahldor goʻzallik...
-Bu laʼnati shamlarni yoqa olasizmi, Shahzodam River?-dedim.
-Qora Shahzoda koʻproq yoqqandi-degan va kulgan ovozini eshitdim. Keyin esa birdan shamlarning hammasi yondi.
-Shahzodam River demaymi?-dedim bir qoshimni yuqoriga koʻtargancha unga qarab. Qoʻllarimni yana hisob soʻragandek belimga joylashtirgandim.
-U ham yoqadi, ikkisining oʻrtasida qoldim-deb yerga qaragancha xafa boʻlgandek bosh chayqadi. Roʻl oʻynayapti, ahmoq. Menga oʻtmaydi.
-Mayli, Qora Shahzoda-dedim.
-M-dedi tezda.
-Nima?
-Qora Shahzodam degin-deb kuldi. Endi hazil qilayotgan yuzini koʻrayotgandim. Qarshimda tikilayotgandi.
-Shahzoda desam-chi?-dedim. Hozir oʻsha mashhur jumla keladi. Qoshlarini yuqoriga koʻtardi.
-Zindonga tashlataman-deb tabassum qildi. Ablah!
-Albatta, Qora Shahzodam River-dedim. -Ikkisidan ham voz kechmay, ularni birgalikda aytaman. Qalay?-dedim. Bu ahmoqdan rostdan ham zindonga tashlatishni kutish mumkin edi.
-Ajoyib-dedi. Keyin bir narsa esiga tushgandek qoshlarini chimirdi. Yana jiddiy qiyofasiga qaytdi. Jiddiyligi menga yoqmaydi... -U shu yerdamidi?-dedi.
-Ha, hozir ketdi. Balki kuzatayotgandir-dedim. Shu zahoti ortiga burilib keta boshladi. Qochyapti, bizni koʻrmasligi va menga zarar bermasligi uchun...
-Ketishingiz shart emas, Qora Shahzodam River-dedim ortidan. -Chunki u menga emas, sizga zarar berish uchun shu yerda!
Qadamlari toʻxtadi. Xoʻsh, oʻzini oʻylab, mendan uzoq tursa, yaxshi boʻlardi.
-Bunga qanchalik ishonasan?-dedi.
-Ishonmayman, men hech kimga ishonmayman, aminman-dedim. -Baribir uzoq turing, sizga zarar kelsa, menga qaytishga kim yordam beradi?-deb yelkamni koʻtarib tushirdim. U esa hali ham menga qaramay, ortga oʻgirilib turardi.
-Yaʼni meni oʻylaganingdan aytmayapsan, oʻz foydang uchun qilyapsan?-dedi savol bergandek.
-Aynan, men sizga aytganman. Menga koʻp ishonmang, kun kelib, sizni ham oʻzim uchun qurbon qilishim mumkin va bundan zarracha pushaymon boʻlmayman-dedim tirnoqlarimga qaragancha.
-U holda-deb bu tomonga oʻgirildi. Menga qaradi, men ham unga qaradim. Keyin esa butunlay badanini ham bu tomonga burdi va men tomon kela boshladi. -U holda, qurbon qilishdan qoʻrqma, lekin oʻzingni himoya qilishni oʻrgan-deb yonimda kelib toʻxtadi. -Kettik-deb qoʻlimdan ushladi. Qayerga, ahmoq?
-Qoʻlimni qoʻyib yuboring, oʻzim yura olaman-dedim. Yana qilgan ishini endi tushungandek qoʻlini tezda tortib oldi va oldindan yura boshladi. -Bir gap aytaymi?-dedim uning ortidan ketarkanman.
-Mmm-deb tasdiqladi meni.
-Oʻz joningizning hech qiymati yoʻqmi?-dedim.
-Bu nima deganing?
-Aytmoqchimanki, menga zarar beradi deb oʻylab uzoq turdingiz, ammo zarar sizga kelishini bilganingizda qoʻrqmay, qoʻlimdan ushlashga jasorat qila olyapsiz. Xudbinligingiz shumi?-dedim.
-Men oʻzimni himoya qila olaman, qiziquvchan goʻzal, ammo sen bilmaysan. Shuning uchun jim yur-dedi. Qiziquvchan goʻzal...
Toʻgʻri, goʻzalligim haqiqat. Oʻzimni sevaman. Jonim oʻzim.
-Qayerga ketyapmiz?-dedim bu safar.
-Jim boʻl va yur-dedi.
-Menga buyruq bermang!-dedim. -Shusiz ham anavi Yalmogʻizlar Qirolichasi kun boʻyi buyruq beradi. Oppogʻoy esa unga hech narsa demaydi. Hammasi ahmoq-dedim.
-Sen aqllimisan?-deb kuldi.
-Ha, hatto hech kim boʻlmaganchalik aqlli, goʻzal, nazokatli, ajoyib, muhtashamman-dedim. Keyin esa uning kulgan ovozini eshitdim.
-Rostan ham, oʻzingni juda sevasan. Oʻzinga boʻlgan sevging mudhish-dedi.
-Albatta-deb sochlarimni ortimga itardim. Bu harakatni koʻp qilardim. Saroydan tashqariga chiqqanimizda ilk qarshimizda Ameliani koʻrdim. Bir menga, bir Riverga qarab turaverdi.
-Lara, xavotir oldim, seni hech qayerdan topa olmadim-deb mening yonimga keldi va bir qoʻli bilan bilagimdan ushladi.
-Men yaxshiman, yosh xonim-deb sekin bilagimni ushlagan qoʻlini tortib, pastga tushirdim. Nima qilganini anglagandek qoʻllarini tortib oldi.
-Hammaga qarshi masofalisan-degan pichirlagan ovozini eshitdim Riverning. Javob bermadim, aniqrogʻi, bera olmadim, chunki Amelia bor edi. Riverga qaraganimda jiddiylik bilan tik turganini koʻrdim. Ajabo, uning kulishni bilishini birovga aytsam, menga ishonarmidi?
Amelia ishonadi, unga kuldi, dedi ichki ovozim.
-Malika Amelia-degan Riverning ovozi bilan diqqatimni ularga qaratdim. River yonimda, Amelia esa qarshimda turgandi. -Qizilsochni bir soatga sizdan oʻgirlayman-dedi. Qizilsoch... Xizmatkor demadi.-Bir masalada yordami kerak, yaʼni uni biroz ish bilan qiynayman-dedi. Yolgʻonchi.
-Siz qanday istasangiz, shahzoda River-dedi Oppogʻoy. River bosh irgʻigancha uning yonidan oʻtib ketar ekan, Amelia menga yaqinlashdi.
-Harakatga oʻtibsan-da-deb kuldi. Eng yomoni, sevinchdan kuldi... Hasad yoki boshqa narsa uchun emas.
-Unday narsa yoʻq-dedim jiddiyligimni saqlab.
-Shunday deysanmi?-deb tabassum qildi.
-Shunday, endi esa boray, meni itdek ishlatsa kerak-dedim. Yolgʻon... Ish qildirmasligiga aminman. Agar shunday qilmoqchi boʻlsa, qildirmoqchi boʻlgan ishini oʻzi bajarishiga toʻgʻri keladi. Zindonga tashlatsa ham.
-Unchalik amin boʻlma-degan va kulgan ovozini eshitdim Oppogʻoyning. Meni kim deb oʻylayapti?
Tezda Qora Shahzodaning ortidan ergashdim va unga yetib oldim. U toʻxtaganida esa otxonada edik. Otxonada ishchilardan tashqari boshqa bir odam ham bor edi. Jastin... Ablah, uni sal qolsa unutardim. Qasos vaqti! Hamma joyda qoʻziqorindek unib chiqishi hazilmi?
-Sen, ablah-deb unga toʻgʻri yurayotganimda River oldimga chiqdi.
-Sokinlash, chunki oʻsha kecha u boʻlmaganda allaqachon oʻlgan boʻlarding-dedi.
-U boʻlsa, tirik qolmasding demoqchimisiz?-deb tik qaradim unga.
-Yoʻq, sening tirik qolishingda uning ham yordami katta-dedi.
-Qanday yordam ekan u? Meni qoʻlimdan yaralab, oʻrmonga haydashmi?-dedim.
-Lara, u mening odamim-dedi. Nima?
-U Yalmogʻizlar Qirolichasiga ishlaydi, shuni ham koʻra olmaydigan darajada koʻrmisiz?-dedim.
-U menga ishlaydi va qirolichaning yonida. Sen ataganingdek Yalmogʻizlar Qirolichasining yonidagi mening odamim-deb javob berdi.
-Qanaqasiga?-dedim qoʻllarimni belimga qoʻygancha qarshisida tik turib.
-Oʻsha kecha sening oʻrnomdaligingni menga u xabar qildi-dedi. Nima?
-Yolgʻonchisiz. Uni himoya qilish uchun shunday deyapsiz. Gʻazabimni qoʻzgʻatmaslik uchun shunday deyapsiz-dedim.
-Yoʻq, ishonchsiz qiz, aynan u aytdi-dedi. Ishonchsiz qiz...
-Unda nega menga oʻq uzdi bu ab...ahmoq?-dedim.
-Senga zarar bermaslik uchun.
-Hazilmi bu? U menga oʻq uzib, zarar berdi-deb baqirdim.
-Seni yaralamaganida qirolicha ortingdan odamlarini yuborardi, ammo yaralanganing uchun yolgʻiz qoʻyib yubordi. Odamlari topsa, men kelguncha jasading ham topilmasdi!-dedi qoʻpollik bilan. Xoʻsh, buni men uchun qildimi? Shunday boʻlgan taqdirda ham, bu menga oʻq uzganini oʻzgartirmaydi, u menga zarar berdi. Menga zarar berganlarni kechirmayman!
-Mayli, endi qoching-dedim.
-Oʻzingni qoʻlga olishing kerak, keyin qochaman-dedi.
-Oʻzimni qoʻlga olganman-dedim atay sokin ovozda. Bunga ishongandek yoʻlimdan qochdi.
-Bu sokinliging yaxshilik alomati emas-dedi.
-Shunchaki oʻzimni boryapman, Shahzodam River-dedim unga dona-donalab.
-Shunday boʻlsin-dedi.
-Menga buyruq bermang!
Shunday deb otxona tomon sokin qadamlar bilan yura boshladim.
-Qayerga?-dedi ortimdan.
-Otxonaga-dedim. Keyin esa uning ham ortimdan kelgan oyoq tovushlarini eshitdim.
-Jastin, bizga ot hozirla.
Meni sokin qoladi desa, bekorlarni beshtasini aytibdi.
-Amringiz muntazir, Shahzodam-deb egilgancha yonimdan oʻtdi. Oʻtganida oyogʻimni choʻzdim, buni oldindan kutgandek sakrab oʻtdi-da, ortiga qarab qoshlarini chimirdi. -Tinch turmasligingni tahmin qilish qiyin emas-dedi.
-Bilmasdan qildim-dedim Riverga qarab. -Qarang, Shahzodam River, baribir tuhmat qilyapti! Men oyoqlarimni...-deb toʻxtab qoldim. -Endi bularda massaj nima deyilarkan?-deb oʻzimga oʻzim pichirladim. -Men...men, ishqilib, oʻsha, oyoqlarimni choʻzayotgandim.
Bu gapimga River kuldi hamda mazza qilib.
-Takabbur qiz, oyoqlaringni choʻzganingni oʻzing tan olding!-dedi. Takabbur qiz... Ming lanʼat! Oʻzim aytib qoʻydimmi?
-Men qilmadim-dedim unga bir, Jastinga bir qarab. Keyin esa Jastin boshini ikki tomong silkitgancha otxona tomon ketdi. Men ham Riverga qaradim.
-Lara!-dedi.
-Buyuring, Shahzodam River-dedim.
-U seni qutqardi.
-Nima boʻlibdi shunga? U meni yaraladi-dedim.
-Ammo seni qutqarish uchun-deb javob berdi qoshlarini yuqoriga koʻtarib.
-Ammo yaraladi.
-Unga hech narsa qilmaysan-deb buyruq berdi.
-Menga buyruq bermang!-dedim bas kelmay.
-Xohlaganimni qilaman, aslida sen buyruq bermang deb buyruq berma!-dedi.
-Menga buyruq bermang!-dedim. -Jahlim chiqyapti.
-Boshqarishni oʻrgan. Unga hech narsa qilmaysan, takabbur qiz-deb buyruq berdi.
-Menga...-degan ham edimki, oʻsha mashhur tahdid keldi.
-Zindonga tashlataman-deb iljaydi. Unga aytganning foydasi yoʻq. Jimgina qasosimni olaman.
-Hech narsa qilmayman, Shahzodam River-dedim. Qasos olaman, Dengiz Shahzodasi...
-Mining-dedi River Jastin yonida ikkita odam bilan olib chiqqan otlarni koʻrsatib. Endi ogʻzimni ochayotgandim hamki, -Zindon!-dedi ogohlantirgan ovoz bilan.
-Tushunarli-dedim qoʻrslik bilan. Keyin esa otlar yoniga bordim.
-Otlardan nafratlanaman!-dedim oʻzimga oʻzim.
-Sen hamma narsadan nafratlanasan!-degan Riverning ovozi keldi yonimdan.
-Ha, chunki dunyoda oʻzimdan boshqa sevishga arziydigan hech kim va hech narsa yoʻq!-dedim va menga tushgan otga mindim. Baribir oʻzimning bilganimni qilaman va Riverga ishonmayman.
Chunki Mister Niqob gʻoyib boʻlgan paytda River paydo boʻladi. Har doim ikkisi bir-biriga juda yaqin, ammo River uni tutish uchun hech narsa qilmaydi. Seni oʻylaganidan emas. Boshqa sababi bor. Kim oʻzini oʻzi tutishga urinsinki, dedi ichki ovozim.
Aynan shunday. Biri gʻoyib boʻlganda ikkinchisi darrov paydo boʻladi. Kim biladi, balki, xonasiga chiqishimni bilib turib sandiqni oʻsha yerga qoʻygandir. Kim bir oydan beri tahdid qilinar ekan, uni koʻrsatmaslikka harakat qilarkan, xatni yoʻq qilmay, tahdidchi unga yuborgan narsalarni koʻzga tashlanadigan joyda qoʻyadi?
Sening koʻrishingni istagan, Lara, dedi ichki ovozim.
Toʻgʻri, mening koʻrishimni istagan. Mister Niqob va River ikkisini bir onda koʻrmagunimcha ikkisi turli odamlar ekaniga ishonmayman. Otga mindim.
-Ketdik-degan ovozini eshitdim. Otlarni harakatlantira boshlaganimizda chap tarafimda River, oʻng tarafimda esa Jastin toʻnka bor edi. Riverga qaraganimda otining qora ekaniga hech hayron qolmadim. Jastinning oti esa Qora Shahzodaning aksiga oq edi. Toping-chi, mening otim qanday? Jigarrang. Goʻzallik tanloviga kelgandek hammaga har xil ot. Eng nafratlanadigan rangim bu-jigarrang. Bu otni yoqtirmadim.
Oʻzi otlarni umuman yoqtirmaysan, Lara, dedi ichki ovozim yana tilga kirib.
Toʻgʻri. Har doimgidek yana toʻgʻri, Ichki Ovozim. Otlardan nafratlanaman.
-U nega biz bilan kelyapti?-dedim Riverga Jastin toʻnkani ishora qilib. U koʻrmadi, albatta, ammo tushungandek javob berdi.
-Himoya uchun-dedi.
-Nima, oʻzingizni oʻzingiz himoya qila olmaysizmi? Boyagina men oʻzimni himoya qila olaman, sen qila olmaysan degan menmidim?
-Shahzoda bilan toʻgʻri gaplash!-degan past ovoz eshitdim oʻng tarafimdan.
-Qoʻyaver, Jastin, bu muomalasiga oʻrganib qoldim. Lekin oilamdan birining oldida ham shunday qiladigan boʻlsa, na iloj, zindonga tashlataman-da-deb ogʻir nafas oldi. Ustimdan kulyapti. Yuzi koʻrinmayapti, ammo kulayotganiga aminman.
-Kuling, kuling-dedim. Hammani chaqib oladigan tilim Riverga kelganda ojiz boʻlib qolardi.
-Savolinga kelsak-deb menga bir qarab qoʻydi. Yuzidagi tabassumini Jastin boʻlgani uchun jiddiyat bilan almashtirdi. Yana oldinga qarab gapida davom etdi. -Jastin men oʻzimni himoya qilib, senga diqqatimni qarata olmaganimda joning xatarda qolmasligi uchun, maqtanchoq qiz-deb gapini yakunladi. Maqtanchoq qiz... -Yoki joning shunchalik keraksizmi? Xoʻsh, joningni asrash uchun dushmaning bilan shartnoma tuzishga rozimisan?-deb menga oʻgirildi va boshi bilan Jastinni ishora qildi. Men ham ishora qilgan tomoniga qaradim. Jastin rozi boʻlaman deb oʻylab, shaytoniy kula boshladi. Unga qaradim va javob berdim. -Oʻlganim yaxshi!-yolgʻon. Roziman, faqat gʻururim yanada kuchli. Boʻsh kelmay kurashayotgan gʻururim bor ekan, ikki dunyoda rozi boʻlmayman. Ammo himoya qiladi, toʻgʻrimi? Toʻxta, nega xavotir olyapman oʻzi? U meni emas, Riverni oʻldirishga kelyapti.
-U sizni oʻldirishga kelyapti, Shahzodam River, unutmang-deb ogohlantirdim uni.
-Aminmisan?-dedi. Bunga ishonasanmi emas, aminmisan, dedi.
-Aminman-dedim. Xoʻp degandek bosh irgʻitdi va oldinlab ketdi. Bu vaziyatdan foydalanish uchun aqlimga birdan ajoyib bir gʻoya keldi.
-Ming laʼnat, otlarni yomon koʻraman!-deb atayin otimning biqiniga oyogʻim bilan tepdim. Unchalik qattiq tepmadim, yoʻqsa, meni otib yuborardi. Ot kishnadi va bir sapchidi.
-Otni toʻgʻri min!-deb ortiga oʻgirilib menga qaradi Jastin toʻnka.
-Toʻgʻri minyapman, juda yaxshi bilsang, kel, yordam ber-dedim gapiga javoban. Undan yaxshi mina olishimga kafilman!
-Bor kuni shu qizni oʻldiraman-deb oʻziga oʻzi gapirgancha otini sekinlatdi va mening otim bilan teng masofaga keldi. Otning egaridan ushlab turgandim. U otimga yaqinlashishi bilan chap tarafdagi oyogʻimni ham oʻng tomonga oʻtkazdim. Otning egaridan bir qoʻlim bilan ushlagancha unga qaradim.
-Undan oldin oʻzing oʻlmasang, oʻldir, toʻnka!-dedim va oʻng oyogʻim bilan beliga bir tepdim. Siljidi, ammo yiqilmadi.
-Ming laʼnat, sen qizga yordam berishning oʻzi ahmoqlik-dedi va oyogʻimni tutishga urindi, ammo yoʻl qoʻymadim. Chunki oyogʻimni tutsa, u emas, men yiqilardim. Tezlik bilan oyogʻimni tortib oldim va yana qayta unga tepdim. Bu safar beliga emas, baq iyahidan tepdim. Alamlarimni olishim kerak-da! Bu safar ikki qoʻli bilan ham yuzini changallagani uchun ot kishnadi. Oyogʻimni tortib yana qaytadan tepganimda esa endi Jastin ot ustida emas, naq yerda edi. Yuzi bilan tushgandi, laʼnati. Oti esa uni tashlab, yugurib keta boshladi. Mana, nimaga otlarni yomon koʻraman. Chunki ular yiqitgani yetmaganday, qochib ham ketishadi. Vafodor emas.
-Bu bilan kifoyalanaman deb oʻylasang, yanglishasan, Jastin toʻnka, menga oʻq uzganingning badali yomon boʻladi. Men seni deb toʻrt kun turmadim, seni ham shu ahvolga solmaguncha tinchimayman!-deb baqirdim unga otim oldinlab ketarkan ortga qaragancha. -Battar boʻl!-dedim ichimdan. Mazza qilgandim. Oldimga qarab, oyoqlarimni toʻgʻirlab olmoqchi boʻlganimda esa otim birdan kishnadi va sakrab yubordi. Aniqrogʻi nimagadir urilgani uchun shunday qilgandi. Ikki oyogʻim ham oʻng tarafda boʻlgani uchun ortimga toʻgʻri yiqilayotgandim. Yiqilayotgandim dedim, chunki nimadir meni ushlab qoldi. Egnimda tirgak qoʻllar bor edi. Otim sakrashdan toʻxtadi, lekin agar ushlab turgan kim boʻlsa ham, qoʻyib yuborsa, aniq yiqilib ketardim. Boshimni sekin oʻgirib unga qaraganimda bu ahmoqni koʻrishni, haqiqatan ham, kutmagandim. Jerald, yaʼni Kirbrli Zodagon meni ushlab turgandi.
Qoshlarimni chimirdim.
-Goʻzal ekansan-deb oʻzidan oʻzi gapira boshladi. Iltifoting boshingda qolgur!
-Buni koʻp aytishadi, shahzodam, oʻzim ham juda yaxshi bilaman-deb javob berdim.
-Ustiga ustak kibrli-deb davom etdi. -Men River emasman, kichkintoy. Men bilan toʻgʻri gaplash!-deb ogohlantirdi. Sen qadar kibrli emasman, demoqchi edim, ammo jim qoldim. Bu ham boshimga bir balo boʻlishini istamasdim. Ablah. Endi toʻgʻirlanib turmoqchi boʻlganimda esa egnimdagi qoʻlini birdan tortib oldi. Tahmin qiling, nima boʻldi? Orqaga, yerga yiqildim! Hech ham achinmay, tashlab yuborgandi. Zoʻravon. Otdan yiqilganimda egnimda, belimda, chap qoʻlimda ogʻriq his etdim. Bu kibrli ahmoq qaytib ketmaganmidi? Nega yana bu yerga qaytib keldi? Hamma yerim zirqirab ogʻriy boshladi.
-Boyagi qilgan ishingni koʻrdim, bunga loyiqligingni ham yaxshi bilasan!-deb otini aylantirib ketdi.
-Hech narsani bilmay gapirmang!-deb baqirdim ortidan.
-Haddingdan oshma, istasam, hoziroq seni dorga ostira olaman-deb ortiga bir oʻgirilib yana oldiga qaradi. Jim boʻldim, qoʻrqqanimdan emas, jonimni yerdan yopib olmaganim uchun. Kibrli Zodagon, ablah! U biz kelgan tarafga qarab ketarkan, uzoqlashib, koʻrinmay ketguniga qadar yerdan turolmay oʻtirdim. Albatta, hamma yerim ogʻrisa ham, dushmanlarim oldida oʻzimni achinarli holatga tushirib qoʻyadigan ahmoq emasman. U koʻzga koʻrinmay ketganidan keyin esa ortidan baqirdim.
-Ablah, Kibrli Zodagon. Ketgan joyingdan qaytib kelmagur. Oʻlib ket!-deb baqirdim. Shu payt yonimga oti bilan River keldi. Meni yerda koʻrishi bilan otini toʻxtatdi va sakrab otdan tushdi. Yonimga keldi va tizzalari ustiga tiz choʻkib qarshimda oʻtirdi.
-Yaxshimisan?-dedi.
-Yaxshidek koʻrinyapmanmi?-deb chaqib oldim.
-Yaxshi ekansan-deb kuldi.
-Yaxshi emasman!-deb baqirdim. Yana kuldi.
-Yaxshisan, yaxshisan, har gaping bilan chaqib olyapsan, har doimgi holating, demak, yaxshisan-deb kuldi.
-Kuling, kuling!-deb takrorladim har doimgidek. Aynan shu ahmoq gapirganida javob berolmasligim asablarimni buzayotgandi.
-Xoʻsh, seni kim otdan yiqitdi?-deb soʻradi yana jiddiyat bilan. Jiddiy koʻrinishi menga yoqmaydi!
-Sizga nima qizigʻi bor?-dedim yana zahar tilim bilan.
-Senga aloqador hamma narsaning menga qizigʻi bor, zaharli qiz-deb gapini tugatdi.
Senga aloqador hamma narsaning menga qizigʻi bor, zaharli qiz.
Bu endi nimasi? Bu ham xushomad qilyaptimi? Sen yetmay turganding.
-Sizni qiziqtirmasin, Shahzodam River-deb gapga otildim yana. -Oddiy xizmatkorning hayoti sizni qiziqtirmasin!
-Senga oddiy xizmatkor koʻrmayotganimni oʻzing ham juda yaxshi bilasan!-deb gapirdi yana.
-Ha, afsungar koʻryapsiz, boʻldimi, endi turishimga yordam bering!-dedim.
Hozir nima deding, Lara, dedi ichki ovozim. Sen yordam soʻrading!
Yordammi? Undanmi? Aslo!
-Yoʻq, boring, ketavering, oʻzim tura olaman-deb davom etdim gapimga. Yordam olganimdan oʻlganim yaxshi. Shu paytgacha hech kimdan yordam olmay shu darajaga yetdim. Endi ham kerak emas.
-Nega biridan yordam soʻrashni katta muammoga aylantirasan?-deb oʻrnidsn turdi va qoʻlini menga uzatdi. Uzatgan qoʻlini tutamanmi, aslo!
-Chunki yordam istamayman-dedim va oʻrnimdan turishga urindim. Lekin urinishim befoyda boʻldi, chunki qoʻlimdagi ogʻriqni deb oʻrnimdan tura olmadim.
-Sening qaysarligingni yenga olashimni bilasan, shunday emasmi?-deb birdan ustimga egildi va ikki qoʻli bilan qoʻltigʻim tagidan ushlab meni oyoqqa turgʻazdi. Bir onda boʻlgani uchun qarshilik qila olmadim.
-Nega bunday qilasiz?-deb bir qoʻlim bilan uni itargancha yana oʻzimni yerga tashladim. -Qaysarligim qaysarlik! Yenga olmaysiz. Endi esa keting yoki kuting. Menga farqi yoʻq. Oʻzim tura olgan paytim oyoqqa turaman!-dedim unga oʻldirmoqchiday qarab.
-Menga buyruq beryapsanmi, zahar qiz?-deb bir qoshini yuqoriga koʻtardi.
-Aynan shunday, Shahzodam Ri-ver-dedim ismiga urgʻu bergancha koʻzlariga gʻazab bilan qarab.
-Sen shu muomalangni biroz toʻgʻirla!-deb yuzini boshqa tomonga burdi. Xuddi kulishni istayotgandek, ammo kula olmaydigan vaziyatga tushib qolgandek edi.
-Kuling, kuling!-dedim baqirib. Ustimdan kulishga harakat qilayotgandi.
-Turgʻazgan joyimda yana oʻzini yerga tashladi, bunday qaysarlikni umrimda koʻrmadim-deb gapira boshladi. Koʻproq oʻziga gapirayotgandek edi. Keyin yana yuzini menga oʻgirdi. Yuzida tabassum paydo boʻldi. -Ammo sen ham mening qaysarligimni koʻrmagansan, qaysar qiz-dedi. Qaysar qiz...
-Koʻrsating u holda-dedim boʻsh kelmay.
-Yengilasiz deysan, yaʼni?-deb kuldi. Aqliga nima kelayotgan boʻlsa ham, asablarimni buzishi aniq edi.
-Yengilasiz!-dedim. Boʻsh kelish yoʻq!
-Kelishdik!-deb yana men tomon egildi, lekin unga fursat bermay, oyogʻim bilan oyogʻiga tepdim. Yiqilmoqchiday boʻldi, ammo tezda toʻgʻirlandi. Qoʻlim, belim, egnim hali ham zirqirab ogʻriyotgandi. Oʻrnimdan turishga kuchim yoʻq edi.
U holda nega tuzgʻizganda qayta oʻtirib olding, deb soʻradi ichki ovozim.
Chunki yordam istamayman, Ichki Ovozim, tushundingmi?
U ham mendan battar qaysar chiqdi, boʻsh kelmaydi, shekilli. Lekin izn bermay, tepinaverdim. Yuzi birdan jiddiy tus oldi, menga emas, ortimga qaray boshladi.
-U shu yerda!-deb pochirladi. U... Mister Niqobmi? Tezda ortimga oʻgirilib qaradim, lekin hech kimni koʻrmadim. Faqat daraxtlar va oʻrmon. -Men sendan ham qaysarman, zahar qiz-drb kulgan ovozini eshitdim va birdan oʻzimni uning egnida topdim. Oyoqlarimdan ushlagancha meni koʻtarayotgandi. Uzun sochlarim teskari boʻlganim uchun yerga tegayotgandi.
-Nima qilyapsiz, bu gʻirrom, Shahzodam River. Aldash hisobga oʻtmaydi-deb oyogʻimni qimirlatib koʻksiga tepdim.
-Nega faqat oyoqlaringni ishlatasan, qoʻlingni ishlatsang boʻlmaydimi?-deb baqirdi, lekin qiqirlagan ovoz bilan. Kulayotgandi ablah.
-Mana sizga qoʻl ishlatish-deb oʻng qoʻlim bilan beliga bir musht tushirdim. -Siz qanday odamsiz oʻzi, tushiring meni, oʻzim yura olaman!-deb baqirdim.
-Yengildim deganingni eshitmaguncha shu zaylda davom etamiz-dedi yana qaysarlik bilan.
-Qaysarligingiz tutdimi?-deb baqirdim.
-Ha, senga oʻxshab-deb qoʻshib qoʻydi.
-U holda oʻzim tushaman-deb bor kuchim bilan uni itarib, qimirlay boshladim.
-Jim tur, boʻlmasa...
-Boʻlmasa nima?-deb baqirdim.
-Zindonga tashlataman-dedi.
-Roziman!-dedim. -Tashlating zindonga, faqat meni pastga tushiring!
-Bunaqasi ketmaydi-dedi.
-Qoʻyib yuboring-dedim.
-Yengildim deb ayt-deb buyruq berdi.
-Aslo!-dedim tezlik bilan.
-U holda shu zaylda...
-Xoʻp!-deb baqirdim.
-Nima deding?-deb kulgan ovozini eshitdim.
-Mayli, tan olaman-dedim. Joyida toʻxtadi.
-Nimani?-dedi. Buni aytamanmi, yengildim deb aytamanmi, aslo!
-Hech narsani. Meni tushiring-dedim qaysarlik bilan.
-Qaysarlikka davommi?-dedi va yana yurishda davom etdi. Faqat bir yoʻlim qolgandi. Agar menga zarar kelishidan qoʻrqsa, demak, zarar berishdan ham qoʻrqardi.
-A-a-a-deb baqirdim atayin. Aktrisalik faoliyatim boshlandi! -Shahzodam River, qoʻlim...
Gapimni yakunlamasdan meni yerga tushirgandi.
-Nima boʻldi qoʻlinga?-deb jiddiyat bilan tekshira boshlagandi. Men esa bu qiyofasiga mazza qilib kuldim. Rostdan ham, qahqaha otib kuldim. Darrov tushirgandi.
-Menga hech narsa boʻlmadi, ammo oʻzingizga bir qarang-deb koʻrsatkich barmogʻim bilan uni koʻrsatgancha mazza qilib kuldim. Qahqaha otib kuldim. Oqarib ketgan yuzini oʻzi bir koʻrsa edi, u ham kulgan boʻlardi. Bir necha daqiqadan keyin kulishdan toʻxtab unga qaraganimda esa ikki qoʻlini oldida bogʻlab, menga nim tabassum bilan qarab turganini koʻrdim. Hayron qolmadim deya olmayman. Xoʻsh, hozir menga zindon deb tahdid qilishi, hatto uni yenganim uchun ortimdan quvlab ketishi kerak emasmidi? U esa tirjayib turibdimi?
-Shahzodam River, isitmangiz bormi?-deb soʻradim unga jiddiylik bilan. Qoʻllarini tushirdi.
-Birinchi marta menga kulganingni koʻrdim, goʻzal qiz, meni yengding, men yengildim-deb yonimdan oʻtib ketdi va oʻrmon tomonga keta boshladi. Goʻzal qiz...
Birinchi marta menga kulganingni koʻrdim, goʻzal qiz, meni yengding, men yengildim.
Nima qilganimni endi tushungandim. Shuncha xoʻmrayishlarim orasida birinchi marta unga kulgandim, shundaymi? Bu oddiy hol, lekin u buni kattalashtirib yuborgan koʻrinadi. Bir tabassumga yengilishmi? Ahmoqlik.
-Yaʼni yengildingizmi, eshitmay qoldim-deb baqirdim atay ortidan. Ikkinchi marta takrorlamas deb oʻylagandim, yengilish gʻururiga tegsa kerak deb oʻylagandim, lekin unday boʻlmadi.
-Yengildim, goʻzal qiz, yending-deb menga qaramay gapirdi. Men shunday qilsam, gʻururimni oyogʻosti qilganim uchun oʻzimni osib oʻldirardim. Bu yolgʻon emas. Ammo u hech narsa boʻlmagandek, oddiy gap aytayotgandek gapirdi.
-Juda yaxshi-deb baqirdim yana ortidan. Keyin esa men ham ortidan yura boshladim. Meni egnida koʻtarib ketgani uchun otlarimiz orqada qolgandi. Unga yetib olib teng masofada yura boshladim.
-Hali Jastinga qilganingning hisobini soʻrayman-deb kichik bir tahdid qildi. Tahdidingiz menga taʼsir ham qilgani yoʻq, aytib qoʻyay-deb gapiga qoʻshildim men ham.
-U holda taʼsir qildiramiz, goʻzal qiz-dedi menga qarab iljaydi. Oʻrmon ichiga kirganimizda esa maʼlum bir joyga kelganda toʻxtadi. Lekin bu oddiy joy emasdi. Atrofi kalta taxtalat bilan oʻralgan, bir daraxtning pastki shoxlaridan biriga kamon, boshqa shoxiga oʻqlari solingan xaltacha osilgandi. Boshqa tomonda esa nishonlar bor edi. Albatta, bizning davrdagidek emas, taxtadan nishon edi. Oʻrtasida birgina qizil doira bor edi. Bunday nishonlar bitta emasdi, atrofdagi har daraxtga bir nishon osilgandi. Bilishimcha, bu ahmoq meni nozikoyim deb oʻylagan va oʻzimni himoya qilishim uchun menga yoydan foydalanishni oʻrgatmoqchi. Kulgili, lekin kulmadim. Uni ahmoq qilishda davom etishni istadim. Xuddi bularni bilmaydigandek tutdim oʻzimni.
-Bu yerda nima qilamiz?-dedim.
-Kamondan oʻq uzishni oʻrganamiz, goʻzal qiz, oʻzingni himoya qilishing uchun bunga ehtiyojing bor-dedi. Ammo men bilaman, Qora Shahzoda, demoqchi edim, ammo jim qoldim.
-Mening hech narsaga ehtiyojim yoʻq-dedim.
-Bor-dedi.
-Yoʻq, chunki u meni emas, sizni oʻldirmoqchi, Qora Shahzodam River-deb gapimni yakunladim.
-Aminmisan?-deb shu kun ichida uchinchi marta soʻradi.
-Ha, aminman-dedim.
-Ammo oʻrganganing zarar bermaydi-dedi.
-Istamayman-dedim.
-Zindonga tashlataman-dedi yana.
-Qanday qilinadi bu ish?-deb undan oldin kamonga otildim. U shaklida ortga burilganim uchun kulgandi.
-Kamonni va oʻqni olib kel-deb buyruq berdi. Endi oʻzimni ochayotgandim: -Men shahzodangman, goʻzal qiz, buyruq berishga haqqim bor-deb nuqta qoʻydi. Shahzodangmanmish! Oʻrgildim sendek shahzodadan. Nega har safar unga berishga javob topa olmayman? Kamon va oʻqlarni olib yoniga bordim. Ikki qoʻlini ham uzatdi. Albatta, unga qoʻlimdagilarni bermadim. Kamonni oldim va oʻqni joylab nishonga toʻgʻri tutdim. U esa meni bilmaydi deb oʻylab yaqinimga kela boshladi. Naq qulogʻim yonida nafasini his qilganimda esa irkildim.
-Toʻgʻri ushla-dedi ovozi bir qoʻlimda tutgan kamonni toʻgʻirlab.
-Mendan uzoq turing!-dedim tushlarim orasidan. Har safar ogohlantirishimga qaramay, yana iznsiz yaqinlashgandi. Bu asablarimni buzayotgandi.
-Uzoqdan oʻrgata olmayman, goʻzal qiz, sabr qil. Senga hech narsa qilmayman-dedi.
-Biror narsa qilishga urinishingiz ikkinchi masala, Shahzodam River, agar qilishga urinsangiz, kimligingizga qaramay, shu yerda oʻldiraman. Bilasiz, sizga rahm qilishim uchun hech qanday sababim yoʻq. Hozircha esa shunchaki uzoq turing-deb tirsagim bilan koʻksidan itardim. Ortga itarildi, ammo muvozanatini saqladi. -Kamondan oʻq uzishni hech kim oʻrgatishi shart emas, chunki oʻzim ham juda yaxshi bilaman-dedim va oʻqni kamonga joylab chuqur nafas oldim. Keyin nishonga qaradim, toʻgʻri nishonga olganimga ishonch hosil qilgandan keyin qoʻyib yubordim. Oʻq borib naq qizil doiraning oʻrtasiga tekkanida uning yonidagini ham nishonga oldim va otdim. Uning yonidagini, keyin keyingisini otdim. Hammasi naq nishonga tekkanida kamonni tushirdim va yerdagi oʻtlar ustiga otib yubordim. Riverga qarab ulgurmasimdan uning oʻzi yonimda paydo boʻlgandi. Ikki qoʻli bilan yelkamdan tutgancha meni chetga tortdi.
Ortimda bir daraxt bor edi va men daraxtga borib urilgandim. Meni u daraxtga urgandi. Bu ahmoq nima qilyapti?
-Nima qilyapsiz?-deb qoshlarimni chimirdim. Albatta, filmlardagi ahmoq qizlardek hayron qolib, ikki soat yigitga qarab turmayman. Uni oʻzimdan itarishga urindim, ammo u menga jim degandek ishora qildi. Keyin esa oʻng qoʻli bilan nishonlardsn birini koʻrsatdi. Naq boya men turgan joyning ortidagi nishonga oʻq tekkandi, lekin oʻqlar bitta emas, ikkita edi. Menikining yonida boshqa bir oʻq bor edi. Koʻzlarimni katta ochib Riverga qaradim. Bu Mister Niqob edi va u meni oʻldirishga urindimi? Agar Mister Niqob River boʻlmasa, unda kim?..
Davomi bor...
Hikoyalar_2023🦋
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев