❤️🔥🪶QALBINGNI UYGʻOT❤️🔥🪶
8-qism. | HECH KIMDAN IZN SOʻRAMADIM!
«Baʼzan hayotning senga atab qoʻygan chalkashliklaridan shu qadar charchab ketasanki, bir on yoʻq boʻlib ketishni orzu qilasan!»
Bu boʻlim qoʻshigʻi: Shy Smith-Soaked🦋
LARA VINCENT
Baʼzan gʻazab bilan harakat qilgan odam yoʻlida adashib, umuman boshqa yoʻllarga bosh urishi va butunlayga yoʻlini yoʻqotishi mumkin. Hozir esa men oʻzimni ana shunday qilyapman. Oʻzimni Mister Niqob River ekaniga ishontirgim kelmayapti. Xoʻsh, Mister Niqob u ekaniga ishona olmayapman. Qanchalar undan shubhalansam ham, oldimga shuncha dalil chiqsa ham. Xoʻsh, agar menga oʻq uzgan Mister Niqob boʻlganda, qoʻrqmay qarshimizga chiqqan boʻlardi, lekin nega endi uzoqdan oʻq uzyapti? Hatto koʻrinmayapti ham. U ochiq-oydin oʻynashni yaxshi koʻradi deb oʻylardim. Xoʻsh, River mening yonimda. Agar u Mister Niqob boʻlmasa, nega ikkisi bir onda qarshimga chiqmayapti?
-Qoching!-dedim uni itarib.
-Qimirlama, qaysar qiz. U seni kuzatyapti. Hozir daraxt ortidan chiqsang, ilk nishoni sen boʻlasan. U menga hech narsa qilmaydi deganding, qani, menimcha, unga bu qadar ishonmaganing yaxshi-deb gapini yakunladi. Hozir u menga kesatyaptimi? Agar River u boʻlsa-chi? Men faqat unga aytgandim Mister Niqob menga tegmaydi deb. Balki, shuning uchun menga koʻrsatib qoʻymoqchi boʻlgandir.
-Toʻgʻri-da, u siz boʻlganingizdan keyin nima ham boʻlardi? Axir Mister Niqobni yonimda olib yuribman-ku-deb ikki qoʻlim bilan uni koʻksidan itardim.
-Lara, nimalar deyapsan?-dedi bu safar itarishlarimga qarshilik qilmay. Endi ikkimiz ham nishonda edik. Oramizga maʼlum bir masofa qoʻygandan keyin gapira boshladim.
-U menga tegmaydi deb faqat sizga aytgandim, shuning uchun odamlaringizdan biriga buyruq berdingiz, shundaymi? Meni qoʻrqitish uchunmi?
-Lara, hozir jahling chiqyapti. Toʻgʻri oʻylay olmayapsan deb oʻylab bu gaplaringni unutaman. Endi esa tezda bu yerdan ketishimiz kerak-dedi.
-Ketmayman, oʻzingiz ketavering, Janob Mister Niqob-dedim va ortimga oʻgirilib, toʻgʻri kelgan tomonga keta boshladim.
-Lara!-degan ovozini eshitib ortimga qarashim kerakligini sezdim. Shunda bir oʻq menga qarata uzilganini koʻrdim va joyimda qotib qoldim. Oʻq naq boʻynimga yaqinlashganda toʻxtadi. Oʻqni kim toʻxtatganini tahmin qilish qiyin emasdi. Moviy nur, River... Oʻqni toʻxtatgan zahoti ortiga burdi va kelgan joyiga shiddat bilan qaytarib yubordi.
Keyin esa tezkor qadamlar bilan mening yonimga keldi.
-Oʻzingcha, aqlingda yaratgan narsalaringa ishonib hayotingni xavf ostiga qoʻya olmaysan!-deb baqirdi. Uni birinchi marta bu qadar jahldor holda koʻrayotgandim. Yonimga kelganida gʻazabdan portlab ketadigandek edi. Birdan qoʻlimdan ushladi. Ikkinchi qoʻlini esa bir silkitdi. Shu zahoti atrofimizni toʻlqinlar oʻrab oldi. Ustimizga tushib shalabbo qiladi deb oʻylagandim, ammo unday boʻlmadi. Suv bizni oʻrab olgancha havoda muallaq osilib turgandi. Suv tomchilari har yerga bir-bir harakatlanib turgandi. Xuddi oʻsha kungidek...
Bu yerga kelib qolishim ham shunday voqea bilan bogʻliq edi. Riverdan qoʻlimdan tortib oldim va tomchilarga tegishga urindim. Qoʻlimni tekkizayotganimda esa meni toʻxtatdi. Qoʻlimni oʻzimga tortdim, u esa qoʻyib yubormadi.
-Tegma, qalqon buziladi!-dedi. Boshida baqirayotgandi, ammo keyin ovozini pasaytirdi.
-Bu sehrni sizdan boshqa yana kim qila oladi?-deb soʻradim.
-Bu suv, goʻzalim, uni faqat men boshqara olaman!-dedi. Toʻgʻri, eng boshidan bu River edi. Oʻzi rad etyapti. Mayli, shunday boʻla qolsin. Men ortimga qaytishning yoʻlini, albatta, topaman.
-Ketmoqchiman-deb qoʻlimni tortishga urindim. U esa qoʻyib yubormadi. -Qoʻyib yuboring, Shahzodam River-dedim gʻazab bilan unga qarab.
-Qaysarligingni koʻtarishim mumkin, lekin hozir emas, Lara. Jim boʻl va mening yonimda yur. Qoʻlingni oʻzim istaganda qoʻyib yuboraman!-dedi.
Qoʻlingni oʻzim istaganda qoʻyib yuboraman!
-Koʻnglingizning koʻchasidan oʻrgildim. Qoʻyib yuboring!-deb baqirdim.
-Qoʻyib yubormayman!-deb baqirdi mendan ham baland ovozda. Shunda birdan bizni oʻrab turgan toʻlqin harakatlandi va yana-da kattalasha boshladi. Dengizning osiy toʻlqinlarining zarbalaridek suv yuksala boshladi. Uning gʻazabi osiy toʻlqinlar ekan. Riverga qaradim. Koʻzlarini yumdi va bir narsalarni ichidan gapira boshladi. Oʻzini tinchlantirayotgandi. Sekin-sekin toʻlqin kichraya boshladi. Agar kattalashganda edi suv ostida qolib ketishimiz mumkin edi.
-Oʻzingizni bosishni oʻrganing!-dedim men ham unga kesatib. Menga har doim shunday deb asabimni buzardi.
-Bosishga urinyapman, Lara, lekin sening yoningda buning iloji yoʻqdek-dedi. -Sen olovsan, men emas, lekin bora-bora sendan farqim qolmayapti! Gʻazabinga meni ham tortib ketayotgandeksan goʻyo. Uzoq turishimiz kerak. U meni emas, seni nishonga olyapti! Iloji boʻlsa, koʻzimga koʻrinma, Lara!-deb koʻzini ochdi. -Daf boʻl!-deb baqirdi menga. Toʻlqinlar kuchaydi, lekin bu safar hech narsa ularni tutib turolmadi. Chunki toʻlqinlar yomgʻirdek boʻlib ustimizga quyilgandi.
Iloji boʻlsa, koʻzimga koʻrinma, Lara! Daf boʻl!
Daf boʻl, Lara. Haydaldim! Qoyil, lekin men uning yoniga emas, u mening yonimga kelgandi.
-Daf boʻlishi kerak boʻlgan sizsiz, Shahzoda-dedim. Boshini koʻtarib menga qaradi. Koʻzlarida ifodasizlikdan boshqa hech narsa yoʻq edi. Uni menga qarashga majbur qilgan narsa "Shahzodam River" emas, "Shahzoda" deyishim edi. -Eng boshidan men sizga emas, siz menga keldingiz. Shuning uchun ketadigan bir kishi boʻlsa, u ham sizsiz-dedim. -Kelishuv shu yerda tugaydi, Shahzoda-deb unga tomon bir qadam tashladim. Undan nafratlanayotgandim. Menga nega daf boʻl deydi? U kim? Daf boʻl degani qandaydir ogʻirlik his qilishimga sababchi boʻlgandi. Bu esa gʻazabimni alangalatayotgandi. Yaqiniga borganimda tim qora koʻzlariga tik qaradim va davom etdim. -Yana bir necha oydan keyin janozangizda qatnashishni juda istardim, lekin ungacha bu yerda boʻlmayman-dedim. Qilichsiz u oʻlardi, men esa ungacha bu yerlardan ketgan boʻlaman. Shunday deb xafa boʻlgandek labimni burdim. Lekin ustidan kulayotganimni oʻzi ham juda yaxshi bilayotgandi. -Hozircha esa bu yerni ilk men tark etaman. Buyurganingiz uchun emas, shahzoda, ortiq bu yerda boʻlishim uchun sabab yoʻqligidan!-deb yelkasidan turtib oʻtdim va ortimga qaramay keta boshladim. Ortiq Shahzodam River deyishimga sabab qolmagandi...
Oʻn qadamcha uzoqlashganimda esa uning ovozini eshitdim.
-Bir kuni oʻlsam ham, buning sening qoʻllaringda boʻlishini istardim, voz kechishi oson boʻlgan goʻzal qiz-dedi. Voz kechishi oson boʻlgan goʻzal qiz...
Bu gapidan keyin joyimda toʻxtadim va ortimga oʻgirilib qaradim.
-U holda, kuting, shahzoda, oʻz qoʻllarim bilan sizni oʻldiraman!-dedim va yana oldimga qarab keta boshladim. Ortiq u men uchun hech narsa ifoda etmasdi. Mister Niqob oʻldirsa, oʻldiraversin. Albatta, odam oʻzini oʻzi oʻldira olsa...
*
Saroyga kelganimda ustim shalabbo edi. Laʼnati River! Jahling chiqsa, nega menga gʻazabingni sochasan? Asablarimni buzdi, ablah. Tezda xonamga kirdim. Kiyimlarimni almashtirdim. Sochlarimni esa qurishi uchun yoyiq holda qoʻydim. Ming lanʼat, ablah River. Xonamdan chiqdim. Mening yagona ishim olifta xonimchamning yonida boʻlish edi. Tezda uning xonasiga yoʻl oldim. Zinalardan bir-bir chiqar ekanman, ichimda nafrat tuygʻusining gullayotganiga amin edim. Bu yerdan tezda ketishni istayman. Uning xonasi qarshisiga kelganda toʻxtadim. Chuqur nafas oldim. Oʻzimga uzun sabr tiladim. Hozir asablarimni buzadi. Keyin esa eshikni ikki marta taqillatdim.
-Kiraver-degan ovozini eshitdim. Buyruq berishiga qarang. Agar oldingi holatim boʻlganda edi, buyruq berishni koʻrsatib qoʻygan boʻlardim. Lekin hozir jimgina eshikni ochib ichkariga kirishdan boshqa hech narsa qilganim yoʻq.
-Lara!-dedi meni koʻrgan zahoti. Yotoq ustida ikkita koʻylak turgandi. Biri qaymoq rang matodan edi. Ustida esa nozik yashil, bargga oʻxshagsn bezaklari bor edi. Qoyil, bu davrda ham moda degan narsa bor ekan. Yoqasi katta, yenglari uzun, oʻzi ham uzun koʻylak edi. Ikkinchisi esa yashil rangli toʻr kashtadan iborat edi. Uchburchak yoqa uzun belgacha uzagan edi. Belida esa uch qator uzun oltin rang naqshlari bor edi. Yenglari uzun, lekin nozik toʻrdan edi.
-Yosh xonim-dedim ismimni aytgani uchun unga qarab. U esa yugurib borib chala yopilgan eshikni toʻliq yopdi. Shu malikaning fng yaxshi tarafi ishlarini oʻzi qilishi va menga qiyinchilik tugʻdirmasligi edi. Men umrimda bunday malikani koʻrmaganman. Hamma malikalar injiq, ortini oʻzi tozalay olmaydigan erka boʻladi.
-Lara, bu yoqqa kel!-dedi yotoq yoniga borib meni ham qoʻl harakati bilan chaqirgancha.
-Koʻylak tanlashib yubor demoqchimisiz, yosh xonim?-dedim.
-Yoʻq-dedi boshini ikki yoniga siltab.
-Unda nega?-dedim hayron boʻlib. Boshqa nimaga chaqirgan boʻlishi mumkin?
-Bugun Miath qirolligida katta bal bor. Bilmaysanmi? Niqobli bal!-deb chapak chalgancha sakradi. Yosh boladek edi.
-Bundan menga nima?-dedim beeʼtibor.
-Shuning uchun ikkimiz uchun koʻylak tanladim-dedi. Ikkimiz uchunmi?
-Ikkimiz deganda oʻzingiz va Gloria xonimni nazarda tutayotgan boʻlsangiz, Gloria xonim anavi ahmoq akasiga oʻxshab qora rangni yoqtiradi-dedim.
-Jim, saroydamiz, bu yerda shahzoda Riverga ahmoq dema-deb jim boʻl ishorasini qildi. Keyin esa yana gapira boshladi. -Seni nega olib ketganini, nega janjallashganingiz va nega xafa boʻlganingni, toʻxta, yanglishdim, uni nega xafa qilganingni hali aytib berasan-deb koʻzini qisdi. -Nega bunday deganimki juda yaxshi bilasan. Aniq sen undan-da ogʻir gaplarni aytgansan-dedi.
Eng boshidan men sizga emas, siz menga keldingiz. Shuning uchun ketadigan bir kishi boʻlsa, u ham sizsiz.
Kelishuv shu yerda tugaydi, Shahzoda.
Yana bir necha oydan keyin janozangizda qatnashishni juda istardim, lekin ungacha bu yerda boʻlmayman.
Hozircha esa bu yerni ilk men tark etaman. Buyurganingiz uchun emas, shahzoda, ortiq bu yerda boʻlishim uchun sabab yoʻqligidan!
U holda, kuting, shahzoda, oʻz qoʻllarim bilan sizni oʻldiraman!
Aytgan gaolarim quloqlarimda birma-bir yangray boshladi.
-Rostan ham ogʻir gaplar aytdimmi?
-Nima deding?-deganini eshitganimda buni ichimdan emas, tashqaridan aytganimni sezdim.
-Gloria xonimni chaqirib kelaman, koʻylaklarini berasiz-deb ortimga aylandim.
-Baribir menga oʻzing aytib berasan-dedi mavzuni oʻzgartirganimni sezib. -Bular Gloria uchun emas-degan payti yurishdan toʻxtab unga oʻgirildim.
-Olifta Qirolicha uchunmi?-dedim. Uning yonida istagandey gapirardim.
-Yoʻq, Lara!-deb yonimga keldi va qoʻlimdan ushlashga urindi. Bu safar qarshilik qilmadim. Buni u ham sezgandek manga kulib qaradi. -Demak, menga oʻrganishni boshlayapsan-dedi.
-Yoʻq, yosh xonim, siz mening xonimim boʻlganingiz uchun qarshilik qilmayapman. Men hech kimni oʻzimga yaqin olmayman.
-Bir kuni meni yoqtirib qolasan-deb qoʻlimdan mahkam ushlab yotoq yoniga olib keldi. -Bulardan biri men uchun-deb qaymoq rang, yashil bezaklari bor koʻylakni koʻrsatdi. -Ikkinchisi esa sen uchun-dedi yam-yashil koʻylakni koʻrsatib. -Sochlaring qizil, koʻzlaring qahrabo rangida boʻlgani uchun senga yarashishiga aminman-dedi. -Oʻzing ham oppoqqina qizsan-deb davom etdi.
-Sizchalik emas, yosh xonim-dedim.
-Men juda oppoqmanmi?-dedi. Ha, boʻlmasa, nega Oppogʻoy deb laqab qoʻyaman, derdim, ammo jim qoldim. Bu ham boshimga balo boʻlmasin. Shusiz ham, hammasi jonimga tegdi. Yana bir tashvish ortiqcha. Tilimni tiyishni oʻrganishim kerak. Nima kelsa, shu tilimdan keladi. -Toʻgʻri, bu tabiiy. Oʻzgartirib boʻlmaydi. Qoni yoʻq odamlarga oʻxshayman. Kasal odamlarga oʻxshayman-deb labini burdi. Oʻzini yoqtirmasligi koʻrinib turgandi.
-Yosh xonim, buni aytaman deb hech oʻylamagan edim-deb gapimni boshladim. U esa darrov menga qaradi.
-Nimani? Shahzoda River bilan nimani gaplashganingizni aytmoqchimisan? Toʻxta, hozir men oʻtitib olay. Buni qancha kutdim, bilasanmi? Bogʻda ham menga sen uchun kelganini aytdi. Shuning uchun kulayotgandim-dedi. Toʻxta, men uchun kelganini aytdi?..
-Men uchunmi?-dedim oʻzimni koʻrsatib.
-Ha, sen uchun. Menga dediki, bu yerga qizilsoch qiz uchun keldim, malika Amelia. Unga bildirmang, nimaga ekanini hozir sizga aytolmayman, dedi.
bu yerga qizilsoch qiz uchun keldim, malika Amelia. Unga bildirmang, nimaga ekanini hozir sizga aytolmayman.
-Aniq sen unga ogʻir gaplarni aytding, shundaymi? Chunki u sendan oldin keldi. Gʻazab bilan xonasiga kirib ketdi. Hech kim shu paytgacha uning gʻazablanganini koʻrmagan ekan. Birinchi marta uning gʻazabi bilan qarshilashishibdi. Demak, shu qadar jiddiy ish qilgansan-dedi.
-Hozir buni siz bilan muhokama qilmayman, yosh xonim-dedim.
-Hech boʻlmaganda nima deganingni ayt-deb turib oldi.
-Yoʻq.
-Lara!
-Yoʻq, yosh xonim.
-Iltimos, bilishni istayman.
-Yoʻq-dedim. Bu yerga kirishdan oldin bekorga sabr tilamadim axir.
-Lara, meni bunga oʻzing majbur qilding-dedi. Nimaga? -Senga buyuraman, unga nima deganingni ayt!-deb buyruq berdi. Eng yomon koʻrganim.
-Baribir aytmayman-dedim qaysarligim bilan.
-Zindo...
-Jim boʻling, shu soʻzni aytmang!-dedim. Jim boʻldi.
-Zindo...
-Jim!-dedim.
-Zaifligingni topdim. Zindon, zindon, zindon!-deb takrorladi. Zaiflik emas, sabrsiz tomonim desak, toʻgʻri boʻladi. -Zindon, zindon, zindon, zindonga tashlataman, zindon, zindon, zindon, Lara, zindonga tashlataman-deb kula boshladi. Men esa jiddiylik bilan unga oʻldirgudek qaray boshladim. Boʻldi, sabrim tugadi.
-Mayli, aytaman!-dedim. Mening qaysarligimni yenga olgan birinchi kishi! Anavi Qora Shahzoda ham buni qilolmagandi, bu qiz qildi, qoyil!
-Eshitaman-dedi va yotoqqa oʻtirdi.
-Janjallashdik-dedim.
-Uni shusiz ham bilaman-dedi.
-Keyin esa maʼlum bir sabablarga koʻra menga daf boʻl dedi-dedim. Maʼlum sabablar degan soʻzimga urgʻu bergandim. Mister Niqobni unga ayta olmasdim. -Menga daf boʻl deganiga gʻazabim qoʻzdi va men ham yarasha javob qaytardim.
-Nima deding, Lara?-dedi.
-Ufff-deb unga toʻliq qaradim.
-Lara!-deb oyoqlarini yerga urdi.
-Bu yerdan ketishni kerak boʻlgan odam sizsiz, dedim. Kelishuvimiz shu yerda tugadi, dedim-deb ayta boshladim. -Lekin kelishuv nima edi deb soʻramang-dedim endi ogʻzini ochayotganida. Jim boʻldi. -Yana bir necha oydan keyin janozangizga qatnashishni istardim, lekin ungacha bu yerda boʻlmayman-dedim. -U esa oʻlsam ham, sening qoʻllaringda oʻlishni istardim, voz kechishi oson goʻzal qiz, dedi. Men ham, unda kuting, sizni oʻzim oʻldiraman, dedim-deb aytib berdim. Voqealarni tez-tez aytdim. Eʼtibor bermaganday goʻyo.
-Voy, voy, voy, Lara!-deb hayron qolib oʻrnidan sakrab turdi. -Shahzodaga shuncha gapni aytdingmi? Uning javobiga qara. Oʻl desang, sen uchun oʻlaman deyapti, qoyil. Oʻylaganimdan ham yomon boʻlibdi-dedi qoʻli bilan iyagini tutib oʻylab turgandek koʻrinib. -Ammo maʼlum bir sabablarga koʻra deding oʻzing ham. Demak, daf boʻl deyishining sababi bor. Buni oʻzing ham bilgansan. Lekin bila turib unga shuncha gapni aytdingmi?-dedi.
-Ha!-dedim.
-Xoʻsh, nega?-dedi. Shu joyda toʻxtab qoldim. Xoʻsh, nega bunday qilgandim? Bilmayman. -Hech narsani koʻngliga olmaydigan Laramizga bir jumlasi shu qadar ogʻir botdimi?-deb egilgancha katta-katta koʻzlari bilan yuzimga qaradi.
-Unday emas, menda koʻngil yoʻq, yosh xonim, men koʻngil ogʻritishni bilaman, koʻnglim ogʻrishini emas-dedim.
-Ammo koʻngil ogʻritadigan insonlar eng koʻp koʻngli ogʻrigan insonlardir, Lara-dedi. Ammo koʻngil ogʻritadigan insonlar eng koʻp koʻngli ogʻrigan insonlardir, Lara.
-Unday emas-dedim yana bir marta
-Shunday-dedi u ham
-Buni aytatotganimga ishonolmayman, ammo siz, haqiqatan ham, juda chiroylisiz, yosh xonim-deb mavzuni oʻzgartirdim.
-Mavzuni tezda oʻzgartirishinga qoyil qolmay ilojim yoʻq-deb mendan uzoqlashdi. -Buni bergan maslahatlarim uchun iltifot deb hisoblayman-dedi. Oppogʻoy!
-Tushunarli, men hech qayerga bormayman, yosh xonim-dedim.
-Borasan-dedi.
-Bormayman, xizmatkorlarga u yerda nima bor, yosh xonim-dedim dona-dona qilib.
-Sen men uchun oddiy xizmatkor emasligingni juda yaxshi bilasan!-dedi.
-Ming laʼnat, nima, anavi River degan ahmoq oʻzi aytadigan gaplarini sizga ham yodlatib ketdimi?-dedim oxiri.
-Yoʻq, ikkimiz ham bir xil fikrlaymiz, shuning uchun-deb miyigʻida kulib qoʻydi.
-Juda yaxshi ish qilar ekansizlar. Men hech qayerga bormayman-dedim. Keyin esa eshik tomon oʻgirilib yura boshladim. Eshik qoʻlini ushlaganimda esa aytgan gapi bilan joyimda qoldim.
-Afsungar ekaningni bilaman, Lara-dedi. Nima deyishimni bilmay, qotib qoldim. Endi bu qayerdan oʻrgandi. Oʻsha River ablah aytgan, shunday emasmi? -Yoʻq, shahzoda River aytmadi-dedi fikrlarimni oʻqigandek. -Oʻsha kecha, toʻlin oy kechasi koʻrdim-dedi.
-Ammo siz hech narsani eslay olmasligingiz kerak, filmlarda shunday emasmidi?-dedim.
-Nimalarda?-dedi.
-Yoʻq, hech narsa. Siz eslaysizmi?-dedim.
-Ha, har holda ahmoq emasman-dedi. -Senga tashlanganim uchun uzr soʻrayman, lekin oʻzimni tuta olmasdim. Shahzoda River kelmaganda, balki, mayli, aytmaylik, yetisha oldi-ku, shundaymi? Biz boʻrituslar toʻlin oyday oʻzimizni boshqara olmaymiz. Seni tishlamaganimdan xursandman, Lara. Yoʻqsa, buning davosi boʻlmasdi. Shuning uchun ehtiyot boʻl. Boʻrituslarning hamlasi seni oʻlimga yetaklashi mumkin. Senda energiyani his qilganim uchun toʻxtadim. Oddiy odam boʻlganingda tirik boʻlmasding. Biz faqat gʻaroyib mavjudotlarga tegmaymiz, ammo oʻzimizni tutmasak, ularga ogʻir jarohat yetkazamiz. Shahzoda bilan saroy ortiga oʻtganingda bunga guvoh boʻldim-deb gapini yakunladi.
-Ajoyib-dedim unga qarab. -Nima qilishim kerak?
-Shu paytgacha yashirgan ekansan, demak, bilishlarini istamaysan-dedi.
-Xoʻsh?
-Agar balga bormasang...
-Tushunarli-dedim.
-Tahdid qilishni istamagandim, Lara, ammo u yerda turli xil malikalar boʻladi. Ishonching komil boʻlsin, hech bir malika bilan chiqisha olmayman. Ayniqsa, iblislar malikasi bilan.
-Iblislar?-dedim. Endi ular nima?
-Ha, iblislar, bilmaysanmi? Ular kuchli mavjudotlardan biri. Insonning ongiga kirishadi va ularni jismonan boshqarishadi. Faqat jismonan. Istagan ishlarini qildirishadi. Hozir saroydagi shahzoda Jerald ham shulardan biri. Yetmaganiga yoqimsiz singlisi bor-dedi.
-Jerald iblismi?-dedim.
-Ha.
-Unda istaganida mening ongimga kirib, istaganini qildira oladimi?
-Ha. Shuning uchun undan uzoqroq yur.
-Oʻzi paydo boʻlsa, nima qilay?-dedim oʻzimga oʻzim.
-Shunday ekan, senga ehtiyojim bor, Lara-dedi. Senga ehtiyojim bor, Lara. Iltimos, hech kim menga shunday gaplar gapirmasin. Biri kelib rahmat deydi, boshqasi ehtiyojim bor. Istamagan ishimni qildirishga urinishyapti.
-Yoʻq-dedim qatʼiy ovoz bilan.
-Lara-dedi yana bir marta
-Yosh xonim-dedim men ham.
-Lara-dedi.
-Xoʻsh, xizmatkorni qanday olib kirasiz?-dedim ogʻir nafas olgancha.
-Bu roziman deganimi?
-Hozir fikrimdan qaytishim mumkin-deb javob qaytardim.
-Tushunarli, kirish oson, hammaning yuzida niqob boʻladi.
-Kim boʻlib kiraman u yerga? Har holda xizmatkorlarga keling, keling deb joy ochib qoʻyishmas-dedim.
-Toʻgʻri gapir-dedi aqlliligi tutib. Baʼzida aqlliligi tutib ketardi. -Kichik bir oʻyin oʻylaymiz, hech kim bilmay ham qoladi-deb kuldi.
-Qanday oʻyin?-dedim unga qarab. Sabr tilayman. Hech kimga bu qadar sabrli boʻlganimni eslay olmayman.
-Seni malika Indila deb tanitamiz, goʻzalim-dedi.
-Goʻzalim demang-dedim.
-Ha, uni ham aytganmi?-dedi imo qilib.
-Yoʻq, shunchaki sizdan eshitish yoqimli emas-dedim yolgʻon gapirib. Aslida, ha, u aytgani uchun asablarim buzilayotgandi.
-Aniq u goʻzalim degan-deb chapak chaldi. Meni juda yaxshi oʻrganibdi Oppogʻoy bir oy ichida. Hech narsani yashirib boʻlmay qoldi. Eng qizigʻi esa kim malika, kim xizmatkor, bilib boʻlmay qolyapti. Men jiddiy va tik turgan holatida u atrofimda girdikapalak boʻlib, sakrab, chapak chalib, yosh bolalardek aylanadi. Bu hayot yana nimalarni peshonamga bitgan ekan?
-Bir marta oʻsha tilla malikalarining nomini oʻgirladim va ikki kun zindonda yotdim, katta rahmat, shart emas-deb javobini yuziga yopishtirdim.
-Bu safar bunday qilishmaydi-dedi.
-Yoʻq, yosh xonim, bu rolni boshimga balo olib siz tomosha qiling deb ikkinchi marta oʻynamayman-dedim.
-Tomosha uchun emas, Lara-dedi.
-Xoʻsh, nima uchun. Faqat yolgʻizlik uchunmi? Yolgʻizlik siz oʻylaganchalik yomon emas, yosh xonim. Inson yolgʻiz yashaydi, atrofimda odam koʻp desa ham, yolgʻiz yashaydi. Har doim yolgʻiz boʻladi. Hamma soxtakor. Oxirida nima boʻladi, bilasizmi?-deb koʻzlariga qaradim. -Yolgʻiz oʻlasiz-dedim. -Hech kim siz bilan oʻlaman demaydi, hech kim siz uchun oʻlaman demaydi, yolgʻiz yoʻq boʻlib ketasiz-dedim. -Oʻlganingizdan keyin esa olti oy oʻtmay hamma unutadi. Oldingi hayotlariga qaytishadi. Dushmanlaringiz sevinadi, juda ham qadrlagan doʻstlaringiz esa tashlab ketishadi. Vaqt oʻtishi bilan qabringizga ham kelishmaydi. Bir yıl oʻtmay, butunlay unutilasiz-dedim. -Shuning uchun yolgʻizlikdan qoʻrqmang, atrofingizda doʻstlaringiz, yaqinlaringiz boʻlganidan qoʻrqing. Chunki biriga zaif tomoningizni koʻrsatgan oningizda ortingizdan pichoq urishadi-dedim. -Tiriklar oʻliklardan-da qoʻrqinchliroq, yosh xonim-dedim. -Men esa shu yoshimga kelib ikkisidan ham qoʻrqmaslikni oʻrgandim.
-Xuddi pand yeganlarga oʻxshab gapiryapsan. Baribir sening fikringa qoʻshilmayman-dedi. -Insonning yonida yaqini boʻlgani yaxshi, hatto kun kelib unutib yuborsa ham-deb gapini yakunladi. -Bugun ketyapman. Mendan qutulasan. Bu oxirgi kunimiz. Baldan chiqib oʻz qabilamga qaytyapman. Yaʼni boshqa meni koʻrmaysan, sabringni sinamayman, boshingni ogʻritmayman, chidab turishga majbur boʻlmaysan, hech narsaga majburlamayman-dedi. Yosh bolaga oʻxshaydi! Xuddi yigirma besh yashar bolam bordek, tovba, Xudo saqlasin!
-Mayli, Yalmogʻizlar Qirolichasining asabiga oʻynasak, oʻynabmiz-da. Faqat umi menga jazo beradigan?-dedim. Birdan oʻgirilib menga qaradi.
-Rostanmi?-dedi.
-Ha, nima qilgan boʻlsangiz, qildingiz, ammo koʻndirdingiz-dedim. -Siz ham mening dunyomda boʻlganingizda edi, aniq buyuk raqiblar boʻlgan boʻlardik-dedim. Oxirgi gapimni past ovozda aytgandim.
-Rahmat, rahmat, rahmat, rahmat-deb yugurib kelib bagʻriga bosmoqchi edi.
-Aqlingizning bir uchidan ham oʻtmasin, yosh xonim-dedim. Qoʻllari havoda osigʻliq qoldi. Birdan oʻzini tortdi.
-Rahmat!-deb kuldi.
-Arzimaysiz-dedim.
-Qoʻpolsan-dedi.
-Bilaman-dedim.
-Qoʻrssan-dedi.
-Bilaman.
-Yoqimtoysan-dedi
-Qoʻshilmayman. Yoqimtoy deb kichkinalarga aytishadi. Men goʻzalman-deb sochlarimni ortimga tashladim.
-Toʻgʻri, shahzoda Riverning goʻzalisan-deb miyigʻida kuldi.
-Yosh xonim!-deb ogohlantirdim.
-Nima qilay, bir-biringizga juda yarashasiz-dedi.
-Mening hayotimda ahmoqona tuygʻularga joy yoʻq-dedim.
-Bu shahzoda Riverning goʻzali ekaningni oʻzgartirmaydi-dedi.
-Yosh xonim!
-Albatta, zindon fantaziyangizni ham unutmaslik kerak-dedi. Yuz yil yuzimga soladi. Aniq bilaman!
-Yosh xonim!-dedim yana bir marta. Hozir portlab ketaman.
-Men uchun oddiy xizmatkor emassan, Lara-dedi atay.
-Sabrim qolmadi-deb baqirdim. Keyin ortidan quvlay boshladim. U esa qocha boshladi. -Agar qoʻlga tushsangiz, oppoq sochlaringizni birma-bir yulaman, yosh xonim!
*
-Buni qilganingizga ishongim kelmayapti-dedim egnimdagi yam-yashil libosga qarab. Oppoq tanımda bejirim turgandi. Ipak koʻylaklar kiymaganimga ham ancha boʻlgandi. Koʻylak menga yarashgandi. Albatta, menga hamma narsa yarashadi. Sochlarimni ham yoygandim. Faqat ortidan sal yigʻilgan edi. Oldimga ham bir-ikki tutam sochim tushib turgandi. Bu davrning ham oʻzining makyaj vositalari bor ekan. Oppogʻoy shular bilan menga biroz oro bergandi. U bularni hech koʻrmaganman deb oʻylasa kerak. Men esa qanday ishlatishni bilmaganim uchun jim turgandim. Chunki bu narsalarning hammasi gʻalati kukundek narsalar edi. Nima boʻlganda ham, Oppogʻoy zoʻr makyaj qilgandi.
-Tayyorsan!-dedi qoʻlidagilarni qoʻyib. Bunday kiyinmaganimga, shohona hayotdan uzoq qolganimga qirq sakkiz kun boʻlibdi. Ishongim kelmaydi. Balki, shuning uchun bu narsalar menga begonadek tuyula boshlagandir. Tayyorlanib boʻlib tezda chiqdik. Saroydan chiqqandan keyin Oppogʻoyga qaradim.
-Xoʻsh, bal qayerda?-dedim.
-Oldin buni ol-deb qoʻlimga oq niqobni tutqazdi. Keyin esa oʻzinikini taqdi. Men ham shunday qilib taqqanimdan keyin gapira boshladi. -Saroyning orqa bogʻida-dedi.
-Nima, biz shu yerdagilarga meni Indila deb tanitamizmi? U yerda Qirol ham boʻladi!-dedim.
-Yoʻq, ular boshqa joyda nishonlashadi. Bu faqat malika va shahzodalar, yaʼni valiahdlar uchun-dedi.
-Xoʻsh, Jerald, Ryan, Gloriani nima qilamiz? Ular ayta olmaydimi?-dedim.
-Riverni qoʻshmading. Uning aytmasligini bilasan-a?-dedi.
-Yanami?-dedim unga.
-Mayli, mavzuga qaytamiz. Ryanga aytdim, eʼtiroz bildirmadi. Gloria ham shunday...
-Toʻxtang, Gloria qarshilik qilmadimi? Oʻzimizning Zulmat Malikasi?-dedim.
-Ha, u sen oʻylaganingdek emas. Toʻgʻri, onasi uchun hamma narsani qiladi, ammo onasining uni yaxshi koʻrishiga shubham bor. Undan foydalanyapti. Gloria boʻlmaganda, hozir bu yerda boʻlmasdi ham. Toʻgʻri, u onamning dugonasi, ammo bu yerda hech kim uni xudhlamaydi, Lara. Soxta onalik tomoshalari qoʻyganini hamma bilib turibdi. Shunchaki hammaning ogʻzi pul bilan bogʻlangan. Gloria uni himoya qiladigan qalqon. Buni Glorianing oʻzi ham biladi, shuning uchun shaxsiy xusumati yoʻq-dedi.
-Shuning uchun meni yerga urayotgan ekan-da?-dedim atayin.
-Shunchaki onasini yaxshi koʻrgan qiz rolini ijro etyapti.
-Tushunarli. Menga nima, istaganini qilsin-dedim.
-Jerald masalasi qiyin boʻladi deb oʻylagandim, ammo nima qilsang, qilding, uning eʼtiborini torta olding. U ham jim turishga qaror qildi. Hammasi bilan gaplashdim. Faqat Shahzoda River bilan gaplashmadim. Shu yerga borganingda biladi.
-Tushunarli. Unda oʻyinni boshladik. Naq boshqa gʻaroyib mavjudotlarni ham oʻzimga dushman qilish uchun ketyapman-a-dedim.
-Qoʻrqmaysan ham-dedi bal tomon yurarkan.
-Qoʻrqadigan narsa yoʻq!-dedim. Javob bermadi. Ikkimiz ham jimgina yurib yetib keldik. Yetib kelganimizda esa atrofni koʻzdan kechirdim. Hamma yer oddiy edi. Tabiat qoʻynida rejalashtirilgan goʻzal oqshom. Soqchilar yoniga kelganimizda Oppogʻoy ularga bosh irgʻidi. Hech narsa demay, bizni ichkariga olishdi. Ichkariga kirib borar ekanmiz, hammaning nigohi bizga tushdi. Ryan har doimgi irjaygan ifodasi bilan Riverning yonida turgandi. Riverning yuzida esa oldingidan ham sovuqroq ifoda bor edi. Menga qaradi, ikki soniyada meni koʻzdan kechirdi va yuzini boshqa tomonga burdi. Demak, ortiq begonalarmiz...
Shuncha gapni aytib, endi begonamizmi deyapsanmi, Lara, qoyil, hammasiga nuqta qoʻygan Rivermidi, dedi ichki ovozim atay ustimdan kulib.
Gloriaga qaradim. Boshqa malikalar orasida jimgina kuzatib turgandi. Egnida tun kabi qop-qora libos bor edi. Unga qora rang yarashardi. Keyin koʻzlarim beixtiyor Jeraldga tushdi. Shaytoniy tabassum bilan menga qaradi. Men esa tik yurib boraverdim. Oppogʻoy bilan malikalar turgan tomonga yurdik. Ichimda hayajonga oʻxshash bir narsa paydo boʻldi. Oʻyinga boshlagandik! Oxirida sogʻ chiqishimni ham bilmayman. Agar oxirida baloga qoladigan boʻlsam, Oppogʻoyni ayblab, qochaman. Menga farqi yoʻq. Oʻzimni qutqarsam boʻldi! Malikalar tomonga yurganimizda biroz hayron qoldim. Chunki hammasi rang-barang kamalakka oʻxshardi. Ularning yoniga kelganimizda toʻxtadik.
-Oʻ, malika Amelia, xush kelibsiz!-deb oldinga otildi va siyohrang sochli qiz. Yuzi doirasimon edi. Nozik qoshlari, uzun kipriklari, sochlari kabi siyohrang koʻzlari bor edi. Shunga qaramay qandaydir yoqimsiz edi. Hech yoqtirmadim. Aslida hech kimni yoqtirmaymanku-ya. Ammo bu qizdan yomon energiya tarqalyapti. Laqabi Yomonlik Elchisi boʻlsin. Chunki balo kelsa, shu qizdan kelishi koʻrinib turibdi. Ameliaga kesatishidan ham bilsa boʻladi. Egnida esa toʻq feruzarang koʻylak bor edi. Koʻylagining yenglari kalta edi. Oppoq qoʻllari koʻrinib turgandi. Uchburchak yoqali koʻylagining olovrang, qizil, sariq gulli bezaklari bor edi.
-Rahmat, malika Sıla, sizni ham xush koʻrdik!-dedi. Hamma bilan koʻrishgandan keyin hammaning koʻzi menga tushgandi.
-Bu kim?-dedi chetdagi qora sochli, moviy koʻzli malika. Egnida ham qora va yashil ranglar uygʻunligidagi libos bor edi. Koʻrinishi biroz urkitardi, albatta, meni emas. Xoʻmrayib yurganidan boʻlsa kerak. Koʻzlari yonib turgandi. Uning laqabi Yorqin Koʻz boʻlsin.
-Bu malika Indila-deb meni qoʻli bilan koʻrsatdi Oppogʻoy. Hammasining koʻzlarida soʻroq ifodalari paydo boʻla boshladi.
-U gʻoyib boʻlgandi. Topishdimi?-dedi pushtirang malika. Sochlari och pushtirang edi. Koʻzlari esa moviy. Yuzida ham gʻalati moviy naqshlar bor edi. Yuzining ikki tarafi ham shunday edi. Egnida oddiy, nozik, pushti koʻylak bor edi. Koʻylagining yenglari kalta, yoqadi esa toʻrtburchak yoqa edi. Oʻziga juda yarashib turgandi. Laqabini osongina Pushtirang deb qoʻya qolay.
-Ha, buni qirolicha Viktoriya bugun bilishlarini istadi. Bugun boshqa qirolliklar yonida koʻrinish berishini istadi-deb javob berdi Oppogʻoy kiborlik bilan. Oʻrgildim. Hozir shu yerdan qochib ketishni istayapman.
-Ajoyib, men alvastilar malikasi Fionaman-deb bir qiz qoʻlini uzatdi. Bu ham kamalakning bir rangidek edi. Yashil! Sochlari yashil edi. Ustidan yigʻilgandi. Koʻzlari ham xuddi shunday yashil edi. Lekin bu yerdagi boshqa malikalarga qaraganda yosh koʻrinardi. Yigirma yoshlar boʻlsa kerak. Uzun kipriklari, katta koʻzlari oppoq yuziga yarashib turgandi. Egnida feruzarang, nozik gulli naqshlari boʻlgan koʻylak bor edi.
-Xursandman-dedim, lekin qoʻlini ushlamadim. Qoʻlini tutmayman, albatta. Gʻalati boʻlib ketdi, shekilli, qoʻllarini tezda tortib oldi. Keyin esa koʻzidan bir tomchi yosh oqqanini koʻrdim. Demak, yigʻloqi. Laqabi ham Yigʻloqi. Eʼtibor bermadim.
-Sindiga oʻxshab qoʻrssan-degan bir ovoz eshitdim va yuzimni shu tomonga burdim. Birdan unga qaraganda boyagi Pushtirangni koʻrgandek boʻldim. Chunki ikkalasi bir xil edi. Men unga qaragandan keyin Yigʻloqi tomon keta boshladi. Egizak, shekilli, lekin Pushtirangning aksiga uning sochlari moviy edi. Koʻzlari kabi moviy. Yuzida esa pushtirang gʻalati belgi bor edi. Egizagidagi kabi Adolat Qoʻriqchisi. Qoʻrs boʻlsam, qoʻrs, senga nima? Bu qizni xushlamadim.
-Bu qizni yoqtira boshladim-degan hazilomuz ovoz bilan boshimni chap tomonga burdim.
-Oʻzimni ham oʻzim yoqtiraman-deb javob berdim unga. Jigarrang sochlari va moviy koʻzlari bor edi. Bu yerdagilardan farqi juda chiroyli edi. Uchburchak shaklidagi yuzi kamchiliksiz edi. Yuzi qandaydir hammaning ustidan kulayotgandek qarardi. Insonlarni qanday yerga urishni yaxshi biladigan turdagi oliftalardan ekan, shekilli. Menga nima?
Laqabini ham shunga qarasha qoʻyamiz. Laqabi Yuksakdagi Ahmoq boʻlsin. Oʻzini yuksaklarda deb oʻylqb yuraversin. Uni ham boshdan oyoq tekshirdim, albatta. Egnida kulrang koʻylak bor edi. Koʻylakning yoqa va yeng qismi toʻr kashtadan iborat edi. Qolgan qismi esa zarli tovar bilan qoplangandi. Goʻzalliginga uchaver, Yuksakdagi Ahmoq. Men sendan ham goʻzalman! Hammani taniganimga qaraganda Sindining kim ekanini tahmin qilish qiyin emasdi. Hammani koʻzdan kechirib jim oʻtirgan birgina qiz bor edi. Yoʻq, qoʻshila olmagani uchun emas, qoʻpolligi va boshqalarga qaraganda aqlli ekanidan jim edi. Sukut eng katta quroldir va u shu onda bu qurolni ishlatyapti. Oralarida eng aqllisi shu qiz ekaniga ismimning Lara boʻlganidek aminman. Xoʻsh, u mening yolgʻonimga ishondimi? Sochlari qop-qora edi. Koʻzlari esa kulrang. Jiddiy qiyofasi bor edi, lekin oralaridagi eng chiroyli va aqlli qiz u edi. Unga Sukut Malikasi deb laqab qoʻydim.
-Biz ketdik-deb Oppogʻoy meni tortib oldi. Keyin esa boshqa stolga borib oʻtirdik. Menimcha, Opoogʻoyga ular bilan turish yoqmaydi. Jimgina ortidan bordim. Stol atrofiga oʻtirganimizda Glorianing bizni koʻz uzmay kuzatib turganini koʻrdim. Juda chiroyli qiz edi, ming lanʼat. Yana qop-qora, oddiy, toʻrtburchak yoqali, shishilirgan yengli koʻylak kiygandi. Koʻylagi oddiy ipakdan edi, faqat belida nozik oq toshlardan bezaklari bor edi. Sochlarini ham orqadan yigʻgandi. Men unga qaragandan keyin ham hech qoʻrqmay, menga qarab turaverdi. Men ham unga qarayverganim uchun oxiri koʻzini olaytirib yuzini boshqa tomonga burdi.
-Shu olifta malikalar haqida biroz maʼlumot bera olasizmi, yosh xonim?-deb Oppogʻoyga qaradim.
-Nihoyat, menga loyiq savol boʻldi. Bunaqa ishlarni menga ayt, Riverning goʻzali-dedi. Atayin qilyapti.
-Yosh xonim-dedim.
-Menga nima? Sening yangi noming Riverning goʻzali boʻladi-dedi.
-Shuni boshqalar yonida ham bir aytib koʻring, keyin men sizga qiladiganlarimni kuting-dedim.
-Menga hech narsa qilolmaysan-dedi.
-Malikaligingizga koʻp ishonmang. Gʻazabim qoʻzganda kimligingizning umuman qizigʻi qolmaydi-dedim.
-Juda qoʻrqdim-dedi hazilomuz ohangda. -Men ham seni bir tishlayman. Keyin oʻlib ketasan-dedi.
-Bu qadar Jasur boʻlmang.
-Mayli, faqat ikkimiz boʻlganimizda aytaman.
-Yosh xonim!
-Bu soʻnggi taklif edi, Riverning goʻzali-deb kuldi. -Mavzuga qaytamiz!-dedi va jiddiylashdi. Keyin koʻzini qisib malikalarni koʻzdan kechirib Yomonlik Elchisida toʻxtadi. -Ana shu siyohrang jodugar Jeraldning singlisi-dedi. Hayron qoldimmi, aslo! Zotan, bir-biriga oʻxshab kibrli va qoʻrs aka-singillar.
-Bir-biriga tortishadi-dedim jiddiylik bilan.
-Ular bilan hech chiqishmayman.
-Nega?
-Chunki boʻrituslar va iblislar orasida katta janjal boʻlgan. Iblislarni toʻxtata oladigan yagona mavjudot bu boʻtiruslar. Sening sehring ham ularda ish bermaydi. Shuning uchun u bilan orangni yaxshi tutganing maʼqul. Bu menga tegishli emas-dedi.
-Aka-singil ikkisi ham bezbet va kibrli-dedim.
-Chunki bir-biridan nafratlanishadi-dedi. Mana bunga hayron qolsa arziydi.
-Nima?
-Ha, ularning otalari bir boʻlgani bilan onalari boshqa va ikkisi ham taxtni istaydi. Ikkisi ham kuchli. Ikkisi ham oʻzini taxtga loyiq koʻradi. Shuning uchun azaliy bir-birining dushmani.
-Qoyil. Bilasizmi, ikkisining dushmanligidan mohirona foydalansa boʻladi.
-Bu nima deganing?-deb menga qaradi
-Yaʼni ikkisi bir-birini yoqtirmaydi va biri boshqasini yoʻq qilish uchun hamma narsa qiladi-dedim.
-Bu toʻgʻri!-deb koʻzlarini katta-katta ochdi. -Lara, sen dahosan-dedi.
-Bilaman!
-Keyingisi esa Sindi Maraslian-dedi.
-Anavi sokin qizmi?
-Ha oʻsha. Biroz nima desam boʻladi? Biroz ongsizdek koʻrinadi.
-U ongsiz emas-dedim.
-Nega?
-Sukut eng katta qurol, yosh xonim. Hammangiz shu qizni oddiy deb xato qilyapsizlar. Hamma narsa sukut saqlaganlardan chiqadi. U siz oʻylaganingizdan ham aqlli. Unga qarang, har bir burchakni sinchkovlik bilan koʻzdan kechirishini koʻryapsizmi? U hozir bu yerdan zerikkanini va ketish yoʻllarini qidiryapti. Birdan gʻoyib boʻlib qoladi, ammo hech kim payqamaydi. Chunki sukut saqlayapti...
-Mmm-deb oʻylandi. -Toʻgʻri boʻlishi mumkin. Uning akasi va bir ukasi ham bor. Qara-deb shahzodalar orasidan ikkisini koʻrsatdi. -Anavi pushtirang sochli shahzoda Damian Maraslian uning akasi. Koʻrinishi ham xarakteri kabi pushtirang. Nega desang, juda quvnoq yigit. Ikkinchisi esa huv anavi kulrang sochli yigit-deb yoshi boshqa shahzodalarga nisbatan kichik koʻringan bir yigitni koʻrsatdi. Sochlari kulrang, yuzi uzunchoq, koʻzlari esa qahvarang. Bir tashvishi bordek jim turgandi. -Ismi Slogan Maraslian. Ular Soyalar. Ular koʻrinmaslik sehriga ega. Istagan payti bizni ortimizda turib kuzatishlari mumkin. Lekin ular bor joyda kulrang tutun boʻladi. Shuni esingdan chiqarma. Ular boshqalarni tumor yordamida boshqaradi. Ular bergsn tumorlarni olma. Taqqaningda ruhiy va jismoniy tarafdan ularning asiriga aylanasan.
-Ajoyib. Akasining laqabi Quvnoq Shahzoda, ukasiniki Gʻamgin Shahzoda boʻladi-dedim.
-Sen hammasiga laqab qoʻyyapsanmi?-dedi birdan Oppogʻoy.
-Ha.
-Menga ham ayt. Kimga qanday laqab qoʻyganingni bilay-deb qoʻlimga osildi.
-Xoʻp. Qoʻlingizni oling-dedim. Qoʻlini tortib oldi. -Gloria Zulmat Malikasi, River Qora Shahzoda, Ryanga laqab taqmabman. Hozir oʻylab olay. Unga...mmm...unga Janob Tabassum deylik. Juda koʻp kuladi. Haddan ziyod koʻp-dedim.
-Qora Shahzoda-a?-deb turtdi.
-Aytmayman-dedim.
-Jim boʻldim. Ayt, iltimos, ayt-dedi.
-Anavi yashil sochga Yigʻloqi deb qoʻydim. Anavi olifta moviy koʻzli, jigarrang sochliga Yuksakdagi Ahmoq-dedim.
-Rostan ham dunyoqarashing keng, Lara!-deb kuldi. -Davom et.
-Anavi qora sochli, moviy koʻzli, ismi nima edi-ya?
-Cristia!
-Ha, oʻsha. Unga Yorqin Koʻz dedim. Koʻzlari porlayapti. Keyin pushtirang malikaga oddiy Pushtirang dedim. Unga oʻxshash moviy malikaga Adolat Qoʻriqchisi dedim. Oʻzicha menga aql oʻrgatadi.
-Ha, Enna biroz adolatparvar. Lekin Jenna uning teskarisi. Quvnoq qiz-deb kuldi.
-Sindiga esa Sukut Malikasi dedim.
-Buni kutgandim-dedi. -Menga anavi yalmogʻizga nima deb laqab taqqaningni ayt-deb Sılani koʻrsatdi.
-Yomonlik Elchisi-dedim.
-Rostan ham mos-dedi.
-Men topaman-da-dedim. -Akasi boʻlgan ahmoqqa Kibrli Zodagon deb laqab qoʻygandim. Bu ancha erta boʻlgandi.
-Ha, xoʻsh, menga-chi?-dedi.
-Sizga laqab qoʻymaganman, yosh xonim!-deb oldimga qarab oʻtirdim.
-Yolgʻon!-dedi. Toʻgʻri bilgandi. Yolgʻon gapirgandim.
-Rost!-dedim baribir qolishmay.
-Yolgʻon. Hoziroq ayt!-dedi.
-Bu yerda men malika Indilaman va menga buyruq bera olmaysiz-dedim.
-Unda asabinga oʻynayman.
-Bu yerning yongʻin ostida qolishini istasangiz, bemalol!-dedim atay.
-Lara!-dedi nochor ovozda. -Juda bilgim kelyapti. Aytaqolgin-deb pastdan menga qarab koʻzlarini pirpiratdi. Yosh bolalarga oʻxshaydi!
-Yoʻq.
-Lara!
-Yoʻq!
-Hozir hammaning yonida Riverning goʻzali deb baqiraman-dedi.
-Qilsangiz, sizni oʻldiraman.
-Undan oldin seni tishlab olaman.
-Urinib koʻring.
-Mayli-dedi va men tomonga egila boshladi.
-Xoʻp, yosh xonim, ming lanʼat, xoʻp, aytaman-dedim.
-Ayt-deb oʻzini tortdi.
-Yoʻq!
-Bir, ikki, uch, Ri...-deb boshlayotganda tezlik bilan uni turtdim.
-Oppogʻoy deyman. Boʻldimi, Oppogʻoy deyman, ming lanʼat, laqabingiz Oppogʻoy-dedim gʻazab bilan.
-Ajoyib laqab. Men Ahmoq yoki Bosh Ogʻrigʻi kabi bir narsalar kutgandim-deb kuldi. Hozirgi menga osilayotgan qiz birdan oʻzgarib jiddiy va aqlli qiz boʻlib olgandi.
-Men ham kayfiyatingizning bu qadar tez oʻzgarishiga qoyil qolaman, Oppogʻoy-dedim unga.
-Iltifot uchun tashakkur-dedi.
-Bu iltifot emas-dedim.
-Men uchun iltifot. Kel, suhbatga qaytamiz. Anavi Jenna va Enna, sening nomlashing bilan Pushtirang va Adolat Qoʻriqchisi egizak suv parilar malikalari.
-Dumi qani?-dedim.
-Suvdan chiqqanda gʻoyib boʻladi-dedi.
-Davom eting.
-Ular odamlar bilan oziqlanadi-deganda koʻzlarimni katta ochib unga qaradim.
-Nima dedingiz?
-Ha, koʻlga kelgan odamlarni tortib olishadi va ularni yeyishadi. Umuman olganda koʻlga tushgan hamma tirik jonzotni yeyishadi. Ularga qarshi kurasha olmaganing uchun koʻllardan uzoq yur. Ular qarab oʻtirishmaydi-dedi.
-Buni kutmagandim. Yana tarafkashlik qilishini-chi-deb yuzimni burishtirdim.
-Yigʻloqi malika Fiona Watt. U alvastilar malikasi-deganda beixtiyor kuldim. Qiqirlab kulganimga menga qaradi.
-Birinchi marta tabassumingni koʻrdim, Lara-dedi Oppogʻoy.
-Shu gapni ham aytmang. Juda noyob narsa ekan mening tabassumim, bilmagan ekanman-dedim. Beixtiyor koʻzlarim Riverni qidirdi. Uning gapi esimga tushgandi.
Birinchi marta menga kulganingni koʻrdim, goʻzal qiz, meni yengding, men yengildim.
Uni topganimda menga qarayotganini koʻrdim. U shuncha paytdan beri meni poylayotganmidi? Hamma niqobini yechgandi, ammo uning niqobi hali ham yuzida edi. Oxirgi marta menga qaroyotgandek ogʻir nafas oldi. Unga bir qaradim va yana Oppogʻoyga yuzimni burdim.
-Uni ham ayganmi? Demak, mendan ham oldin unga tabassum qildingmi?-dedi.
-Ey, boʻldi-da, yosh xonim. Shu ahmoqni gapirib turmang-dedim.
-Mayli. Fionaning akasi anavi yerdagi yashil sochli yigit. Michael Watt-dedi. Chiroyli yigit edi. Fionaning sochlari toʻq yashil edi, ammo uniki och yashil edi. Xuddi egnidagi och yashil kiyim kabi. -Ular alvastilar. Nomlariga qarab kulma. Ular juda kuchli. Oʻylaganingdan ham kuchli. Gʻazablanganida kattalasha boshlashadi. Juda katta boʻlib ketishadi. Shu kichik holida ham mana shu saroyni koʻtarib ota olishadi. Ular bilan oʻylashmaganing maʼqul-dedi.
-Hmm. Mayli. Davom eting-dedim. Baribir qoʻrqmayman.
-Anavi Yuksakdagi Ahmoq-deb kuldi. -Nimo kulgili. Ismi Feva Nera. Serenalar malikasi. Yaʼni, aytmoqchimanki, serenalar oʻz qoʻshiqlari bilan inson ongini zaharlaydi.
-Qoʻshiq aytmay oʻlsin-dedim asabim buzilgandan.
-Men ham shu gapni ularga nisbatan koʻp aytaman, afsuski, oʻlishmaydi. Ular oʻlmas mavjudotlar.
-Nima?
-Ha.
-Ammo bir yoʻli boʻlishi kerak.
-Yoʻli yoʻq. Ular abadiy yashaydi.
-Ming laʼnat. Bu juda yomon ekan.
-Ha, yomon. Anavi moviy sochli shahzoda uning tutingan qardoshi. Ikkalasi teng. Otasining boshqa bir ayoldan farzandi. Ismi George Nera. U asrandi boʻlsa ham, Fevadan ancha kuchli. Fevaning qoʻshiqlari hammaning ongini zaharlasa, uning qoʻshiqlari insonni shol qilib qoʻyadi. Yaʼni harakatsiz qoldiradi-dedi.
-Davom eting.
-Keyingisi Yorqin Koʻz. Cristia Adalie. U rohibalardan.
-Nima? Unday mavjudotlar ham bormi?
-Ha. Ular turli xil jodular, jumlalar bilan sehr-jodu qiladi. Afsungarlardan farqi sizlar qoʻl harakatlari bilan sehr qilasizlar. Ular esa harakatsiz, faqat soʻzlar bilan.
-Demak, teng huquqlimiz.
-Shunday desa ham boʻladi
-Ajoyib. Davom eting.
-Bittasi qoldi. Huv anavi qizil sochli shahzoda. U...
-Toʻxtang. Tahmin qilaman. Vampir shahzoda.
-Ha. Vampir. Ismi Denzel Allen. Xarakterini hech kim tushuna olmaydi. Nima desam, biroz qitmir. Hayotni, hamma narsani oʻyin deb biladigan turdan.
-Bu ham uning aqlliligini koʻrsatadi. Ichidagilarni oʻsha qitmirliklarining ortiga yashiradi. Uning laqabi Qitmir Aqlli boʻlsin.
-Boshqalarga nima deb qoʻyding?-dedi yana qiziqqandek.
-Serena shahzodaga Xavf-xatar Fabrikasi, alvastilar shahzodasiga Kuch Toʻplami-deb javob berdim.
-Fabrika nima?-deb savol berdi.
-Mahsulotlar ishlab chiqaradigan joy-dedim.
-Bu soʻzni oldin eshitmagan ekanman-dedi. Albatta, 2024-yilga sayohat qilsangiz, kerak boʻladi, demoqchi edim, ammo jim qoldim.
-Eshitib oldingiz, mana-dedim.
-Toʻgʻri gapir-dedi aqlliligi tutib.
-Bu yerda istaganingcha gapiraman. Men malika Indilaman-deb qaradim.
-Rolga kirishib ketibsan-dedi.
-Ha, albatta-dedim. Hamma haqida maʼlumot oldim. Ajoyib. Bu yerda oʻn oltita shahzoda va malika bor edi. Oʻzimni qoʻshmadim, albatta. Hamma oʻz-oʻzi bilan ovora edi.
-Eng yomoni nima, bilasanmi?-dedi.
-Nima?
-Sıla yoqimsizi George bilan unashtirilgan. Ikkalasi birlashsa, bizga qarshi turishsa, voy boʻoʻ. Tasavvur ham qilolmayman-dedi.
-Malika Amelia-degan bir ovoz eshitdim. Bu ovoz hech esimdan chiqmasdi, albatta. Keyin esa Oppogʻoyga bir qoʻl uzandi. Oʻsha tomonga ikkalamiz ham qaradik. River... -Men bilan raq tushishga nima deysiz?-dedi. Taklifingdan oʻrgildim.
-Raqs tushgim yoʻq deyman, shahzoda River.
-Sababini bilsam boʻladimi?-dedi kiborlik bilan. Asablarim buzilyapti! Hozir oʻsha qora sochlarini birma-bir yulsam, kim nima deya oladi? Amelia menga qaradi. Nima, meni deb raqs tushmoqchi emasmi bu ahmoq? Rostdan ham menga River qiziq deb oʻylayaptimi?
-Sababi yoʻq, chunki Oppogʻoy ha demoqchi edi-dedim. Keyin esa Opoogʻoyning qoʻlini tutib Riverning qoʻli ustiga qoʻydim. -Boring, Oppogʻoy xonim-dedim. Bu harakatimga ikkisi ham hayron qoldi, lekin Oppogʻoy iloji yoʻqligidan oʻrnidan turdi. Riverning esa kulmoqchi boʻlganday, ammo kula olmayotganini sezib turgandim. Kulmaslik uchun boshini egdi, keyin jiddiylik bilan Oppogʻoyning qoʻlidan ushlab oʻrtaga, ochiq joyga olib ketdi.
-Katta nohaqlik, malika Sindi-degan ovoz eshitib boshqa tomonga qaradim. Jerald kulgancha Sindiga qoʻl uzatayotgandi, ammo Sukut Malikasi unga qiyo ham boqmayotgandi. -Javob berishga ham arzimaymanmi?-dedi. Sukut Malikasi nomiga yarasha jim. Jimgina oldiga qarab oʻtirgandi. -Mayli, bu safar ham koʻnglimga ozor berganingizni kechiraman-deb kuldi Jerald. Keyin esa uning yonidan uzoqlashdi. Jimgina ketayotgandi, birdan koʻzi menga tushdi. Keyin esa labining bir cheti qivrildi. Hozir men tomon kela boshlaydi. Tahmin qilganimdek yoʻnalishini oʻzgartirib men tomonga kela boshladi. Kelganida esa qarshimda turdi.
-Koʻryapmanki, yaxshisan, jarohat olmabsan, soxta malika. Lekin sen ozor bergan soqchi yugurayotgan otdan yiqilgani uchun bir qoʻli singanini bilishingni istardim-dedi.
-Unga bu ham kam-deb yuzimni burdim. Oppogʻoy va Qora Shahzodaga qarayotgandim. Raqs tushishayotgandi. Riverning bir qoʻli Oppogʻoyning belida, ikkinchisi boshqa qoʻlini ushlayotgandi. Oppogʻoyning qoʻli Riverning yelkasida edi. Ajoyib! Kibrli Zodagon bilan gaplashgandan koʻra ularni kuzatgdn afzal!
-Koʻryapmanki, xoniming bilan River juda yarashadi, toʻgʻrimi?-dedi. Atay mening asablarimni buzyapti.
-Ketsangiz, yaxshi boʻlardi, shahzoda Jerald-dedim javob berish oʻrniga.
-Hozirgi javobingacha ketmoqchi edim, ammo nachora, men bagʻrikengman. Kel, senga yordam beraman-deb qoʻlini uzatdi.
-Yordam beraman emas, men bilan raqsga tushasanmi desangiz, qoʻlingizni ushlashim mumkin, shahzoda Jerald. Yordam olishni yoqtirmayman-dedim.
-Kibrli-deb kuldi yana. -Men bilan raqsga tushasanmi, soxta malika?-dedi.
-Jonim bilan-dedim va qoʻlini ushladim. Atayin gapimga urgʻu bergandim. Keyin oʻrnimdan turdim. Biz ham oʻrtaga yura boshlagandik.
-Koʻrinishing ajoyib. Senga yashil rang yarashar ekan-dedi.
-Goʻzalligimni bilishimni bilasiz-dedim.
-Kibrli ekaningni ham-deb qoʻshib qoʻydi. Oʻzimni zoʻrgʻa tutdim. Sensan kibrli deyishdan...
-Oʻzimni sevaman-dedim uning oʻrniga.
-Iloji boʻlsa, River meni oʻldiradi-dedi.
-Voz kechdim. Siz bilan raqs tushishni istamayman-deb ortimga qayta boshladim. River Jeraldga oʻldirguday qarab turganini koʻrdim.
-Hech qayerga ketmaysan-dedi.
-Ketaman-deb ortga burilayotganimda oʻzimni boshqara olmay qoldim. Uning oʻrniga Jerald bilan teng yura boshladim.
Seni boshqaryapti, Lara, dedi ichki ovozim.
Ming lanʼat, u jismonan boshqarish kuchiga ega. U bilan teng yurib oʻrtada toʻxtaganimizda esa Riverga qarab kuldi. Keyin Riverning boshi sekin Oppogʻoyga burildi. Buni oʻzi qilmaganiga aminman, chunki koʻzi bizda qolgandi.
-Boshqarishni bas qiling!-dedim.
-River bilan oʻynash ajoyib. Oʻzi raqs tushayotgan qiziga qarasin deb qildim. Men raqs tushayotgan qizga boshqa hech kimning qarashini istamayman. Yoʻqsa, uni oʻldirib qoʻyishim ham mumkin-dedi. Birdan qulogʻimda Mister Niqobning soʻzlari yangradi.
Meniki boʻlganga boshqalarning yaqin boʻlishini yoqtirmayman. Undan uzoq turki, meni uni oʻldirishga majburlama!
Ajabo, u boʻlishi mumkinmi? Yoʻq, u afsungar emas, iblis. Mister Niqob sehrgar edi.
Unda Riverning qilichi bir, Lara, dedi ichki ovozim.
U boʻlsa, nega meni shu paytgacha jismonan boshqarmadi. Mister Niqobning yonidan ketishga uringanimda nega qarshilik qilmadi?
Bu tuzoq boʻlishi mumkin, dedi yana ichki ovozim.
Mister Niqobning kimligini topmaguncha hammadan shubhalanishga haqqim bor.
-Bu ikkimiz uchun ham foydali shartnoma-deb kuldi. -Men huv anavi yerda oʻtirgan Soyalar malikasi Sindining rashkini qoʻzgʻatmoqchiman. Sening oʻljang esa tayyor-deb Riverni koʻrsatdi. Keyin qoʻlini belimga qoʻydi. Men ham bir qoʻlimni uning egniga qoʻydim. Boʻsh qoʻlim bilan uning qoʻlini ushladim. Keyin musiqa bilan raqs tusha boshladik. Musiqani chalishayotgandi. Toʻgʻrisi, menga yoqmadi!
-U mening oʻljam emas. Xuddi shahzoda River menikidek gapirishni hammangiz bas qiling. Bu asablarimga tegyapti-deb javob berdim.
-Ammo baribir u seniki. Albatta, sevgingizga ancha toʻsiqlar bor-deb kuldi.
-Bas qiling!-dedim.
-Gʻazablanma, yoʻqsa, rost deb oʻylay boshlayman-dedi.
-U holda gʻazablantirmang, shunda rost deb oʻylay olmaysiz-dedim.
-Gapga usta-dedi.
-Juda yaxshi-da. Men siz bilan raqs tushmayman-deb qoʻlimni undan tortib olishga urindim, ammo qoʻlimni harakatlantira olmayotgandim. Qancha urinsam ham, uddalay olmadim. U meni boshqarayotgandi va hech kim undan uzoqlashish uchun qilayotgan harakatlarimni koʻrmayotgandi. Men unga qarshi chiqishga urinarkan, tanam oʻzimga boʻysunmay, faqat u bilan raqs tushayotgandi.
-Tipirchilashni bas qil, baribir foydasi yoʻq-dedi.
-Shahzoda Jerald, qizni boshqarishni bas qil, u seni istamayapti, koʻrmayapsanmi?-degan ovoz keldi. Bu ovoz, adashmasam, Ryanniki edi.
-Yoʻq, u istayapti-dedi. Uning gapi bilan hamma bizga qaradi. Boshqalar ham raqs tushishga chiqqandi va endi hammaning koʻzi bizda edi.
-Akajonim, xafa boʻlma, ammo bu yerda qizni bishqarayotganingni ikkimiz bilamiz. Oʻylab koʻr-chi, buni shahzoda Ryanga kim aytdi?-degan Yomonlik Elchisining ovozini eshitdim. Jerald endi singlisiga qarayotgandi. Shunday qarayotgandiki, iloji boʻlsa, ikkisi bir-birini oʻldirardi. Jeraldning boshqaruvi nihoyasiga yetganini his qilgan zahotim uni oʻzimdan itardim. Keyin esa gavdamni tik tutib ortga burildim va joyimga yura boshladim. Joyimga oʻtirgandan keyin Oppogʻoyning men tomonga kelayotganini koʻrdim. Shu bilan Oppogʻoy va Qora Shahzoda raqsining ham beliga tepgandim. Pushaymonmanmi? Aslo! Jeraldga qaraganimda menga bir koʻzini qisdi. Ablah!
-La...Indila!-dedi Oppogʻoy. Keyin yonimga keldi va oʻtirdi. -U seni boshqardimi?
-Ha.
-Raqsga majburlab chiqardimi?
-Yoʻq, boshida oʻzim rozi boʻldim. Keyin voz kechganimda majburlay boshladi.
-Uning eʼtiborini tortma degandim-dedi.
-Oʻzi eʼtibor bersa, men nima qilay?-dedim. Birdan atrof jimib qolgandi. Keyin atrofga qarasam, hamma Oppogʻoy bilan menga qarab, suhbatimizga quloq solib turgan ekan. Oxirgi gapimdan keyin Kibrli Zodagonning kulgan ovozi eshitildi. Ming lanʼat! Oʻzi eʼtibor bersa, men nima qilay dedimmi? Ming lanʼat. Eʼtibor bermay oʻlgur. Ryan boshini ikki yoniga siltab kulayotgandi. River esa jiddiylik bilan Jeraldning kulganiga qarab turgandi. Xuddi "nimasi kulgili?" degandek qarayotgandi.
-Yoshlar!-degan ovoz bilan hamma ortga qaradi. Men ham oʻsha tomonga qaradim. Biz boya raqs tushgan joyda, oʻrtada Qirol va Qirolicha turgandi. Ikkisi ham hashamatli kiyingan edi. Hamma hayron qolgandi, chunki bu yerda faqat valiahdlar bali boʻlayotgan edi-da. -Sizlarga maroqli hordiq tilayman. Muhim eʼlonimiz boʻlgani uchun va shunday baxtli xabarni sizlar bilan ulashishni istaganimiz uchun shu yerdamiz-dedi Yalmogʻizlar Qirolichasi. Meni koʻrishmagandi. -Malika Amelia, bu yerga kel-dedi.
-Mening nima aloqam bor?-deb menga pichirladi Amelia. Keyin esa oʻrnidan turib ular tomonga nazokat bilan borib turdi. Demak, uning xabari yoʻq. Bu nima boʻlishi mumkin. Keyin esa Yalmogʻizlar Qirolichasi ogʻzini ochmasidan oldin River ham ular tomonga bordi. Demak, uning xabari bor.
-Nimalar boʻlyapti, Qirolim, Qirolicham?-dedi Oppogʻoy.
-Bilasan, ertaga sen ketyapsan, Amelia-deb gap boshladi Qirol Yakov. -Undan oldin esa biz ota-onang bilan kengashdik. Ular ham rozi boʻlishdi.
-Nimaga rozi boʻlishdi, Qirolim?-dedi Oppogʻoy.
-Seni oʻgʻlim River bilan unashtirmoqchimiz. Seni faqat oilamizning doʻstining qizi emas, kelinim sifatida koʻrishni istayman-dedi. Nima? Nimalar boʻlyapti? Xoʻsh, endi Amelia va River... Unashtiruvmi?
Birga baxtli boʻlishsin demaganmiding, Lara, dedi ichki ovozim.
Ha, men aytgandim, lekin nega hozir sevinmayapman? Hayron qolyapman. Qandaydir gʻalati boʻlib ketyapman. Bu gapni eshitgan zahoti Oppogʻoy oʻgirilib menga qaradi. Ishonolmayman, hali ham Riverning meni sevishiga ishonarmikan? Eng qizigʻi, River bundan xabardor edi. Amelia hali ham hayron qolayotganda Riverning ifodasizligi buning isboti edi. Shunchaki toʻgʻriga qarab turgandi.
-Ammo men...-dedi Amelia. Davomini ayta olmadi. Menga qarab gapirayotgandi. Koʻproq boshqarning qizigʻi yoʻqdek, faqat menga bir narsalarni, aybsizligini, xabari yoʻqligini isbotlashga urinayotgandek edi. Ota-onasining qaroriga qarshi chiqa olmasdi axir. Jim qoldi. Birdan atrofda olqish sadolari kela boshladi. Bu yerda kulmagan va nima qilishini bilmayotgan uch kishi bor edi. Men, Amelia va River... Amelia va River...
-U qiz bu yerda nima qilyapti?-degan Yalmogʻizlar Qirolichasining ovozi bilan oʻzimga keldim. Meni koʻrsatayotgandi. Hamma menga qaradi.
-Hammasi tugadi-degan Ryanning ovozini eshitdim.
-Laraning bu yerga kelishini men istadim-dedi Oppogʻoy.
-Sizni koʻrganimdan xursandman, Qirolicham-deb yolgʻondan iltifot bilan taʼzim qildim.
-U bizga oʻzini malika Indila deb tanitdi-dedi Sıla.
-Siring fosh boʻldi, soxta malika. Men aytganim yoʻq, rostdan. Malika Amelianing xizmatkori ekaningni qoʻlimdan kelgancha yashirdim-dedi Jerald ablah.
-Tashakkurlar, shahzoda Jerald. Sizning sir tuta bilishi qobiliyatingiz tufayli endi hamma kimligimni biladi-dedim.
-Arzimaydi, soxta malika-deb kuldi. Sabr qil, Lara. Shu yigitni oʻldirib qoʻygim kelyapti. Vaziyat bunga toʻgʻri kelmaydi-da.
-Ikkinchi marta bunga qanday jurʼat etasan?-deb baqirdi Yalmogʻizlar Qirolichasi.
-Bu oʻsha qizmi? Oʻzini Indila deb tanitgan qizmi?-degan ovozlarni eshitdim. Albatta, Amelia ham qabilasida oʻtirib eshitgan ekan, bular eshitmagan boʻlsa, hayron qolardim.
-Ha, men oʻsha qizman. Oʻzini Indila qilib koʻrsatgan va bir onaning hislari bilan oʻynashgan Lara Vincent. Aslim bilan tanishganingiz uchun xursandman-dedim. Mana endi oʻyin boshlanayotgandi...
Davomi bor...
Hikoyalar_2023🦋
Присоединяйтесь к ОК, чтобы подписаться на группу и комментировать публикации.
Нет комментариев