Hijob, hayo, iffat masalasida qizlarni qilayotgan sayi harakatlarini hech bo’lmasa yarmi erkaklarda yo’q. Nega?Hayo, iffat, avrat, or-nomus faqatgina ayollarga xos bo’lgan narsami? Islomni, ummatni erkaklariga, o’g’lonlariga qaraganda islomni nafasi ufurib turishi kerak emasmi, qat’iyatlilik, g’oyurlik, jiddiylik, salobat degan tushunchalar bo’lar edi. Payg’ambarimiz Muhammad alayhisslom, sahobalari kiygan kiyimlarni o’zingizga ep ko’rmaysiz, zamon boshqa. Buni tushundik. Hech bo’lmasa keng kiyim kiying! Tor bo’lgan shimlarni kiyishga g’ururingiz qanday chidayabdi? Oyna qarshisida soatlab o’ziga oro berishlar, “prichoska” qilingan soch, atirga cho’milib chiqishlar, eng so’nggi urfdagi tor ki
O'zbek qizi senga gap,
Xohlasang il, ilmagin.
Qosh chimirma burma lab,
Mini yubka kiymagin.
Mo'ralar hamma sekin,
Tomoshasan tep-tekin,
Shim kiysang kiyu lekin,
Mini yubka kiymagin.
O'ylagin o'z joningni,
Ochaverma soningni,
Qoralama nomingni,
Mini yubka kiymagin.
Ko'zlaring suzilyapti,
Yuragim ezilyapti,
Hayollar buzilyapti,
Mini yubka kiymagin.
Yursang yerlar hijolat,
Ko'rgan erlar hijolat,
Yoqadimi shu holat,
Mini yubka kiymagin.