SEVAMAN, SEVILAMAN
Haq jahonga to‘ladir,
Kim o‘zi hakni bilmas,
Uni sen o‘zingdan so‘r,
U sendan ayri bo‘lmas.
Dunyoga ishongaysan,
Rizqni meniki deysan,
Nega yolg‘on so‘zlaysan,
Hech aytganing bo‘lmas.
Oxirat yo‘li yiroq,
To‘g‘rilik qayda yaroq,
Ayriliq ketgan firoq,
Ketgan hech qaytib kelmas.
Dunyoga kelgan ketar,
Bir-bir sharbatni ichar,
Bu bir ko‘prikdir, o‘tar,
Johillar buni bilmas.
Kelinglar, do‘st bo‘laylik,
Ishni oson qilaylik,
Sevaylik, sevilaylik
Dunyo hech kimga qolmas.
Yunus so‘zin tinglagin,
O‘z ma’nosin anglagin,
Amal qil Haqqa doim,
Bunda hech kimsa qolmas.
Yunus emro.