Davlating ham iwongan bog'ing bo'lsa agar suyangan tog'ing bilasan ham bu baxtli chog'ing ota onang o'tgandan keyin. Keng dunyo ham goho tor bo'lar ko'ngli sog'inchlarga zor bo'lar orzu emas armon yor bo'lar ota onang o'tgandan keyin. Qalbing g'amga berilib qolar, do'st-dushmaning terilib qolar osmon boshing egilib qolar ota onang o'tgandan keyin. Topolmaysan dardinga malham uy to'rida faqat ular kam, kiprigingni tark etmaydi nam ota onang o'tkandan keyin. Yo'qotganda qadrin bilasan bilasanu afsus qilasan, yurgan yo'lda o'ylab yurasan ota onang o'tkandan keyin. Ko'ngli yarim bo'lib yashaysan, ko'z yaproqday so'lib yashaysan ota onang o'tkandan keyin!