Onajonim rahmat sizga,
Yemay yedirdingiz meni.
Otajonim rahmat sizga,
Kiymay, kiydirdingiz meni.
Yorug' kunlar keldi mana,
Baxtim butun, bag'rim butun.
Bergan tarbiyangiz sabab,
Hamma mendan rozi bugun.
Onajonim rahmat sizga,
Guldek asrab o'stirdingiz.
Otajonim rahmat sizga,
Siz sabab baland qaddimiz.
Yorug' kunlar keldi mana,
Hech nimadan kamimiz yo'q.
Yurak to'la orzular bor,
Lek yurakda g'amimiz yo'q.
Ortiqcha pul davlat emas,
Sizday ota onamiz bor.
Boshqa narsa kerak emas,
Eng katta boylikdir diydor.
Onajonim rahmat sizga,
Bosh egaman poyingizga,
Otajonim rahmat sizga,
Shunday baxt berdingiz bizga.