Go'zal uzbek qiziga,
O'rangan oy yuziga
Quvonch to'lib ko'ziga
Onalik nasib qilsin
Borib yorning uyiga
Yarashib yor bo'yiga
Yetib beshik to'yiga
Onalik nasib qilsin
Tunlari bedor bo'lib
Yorini baxtga ko'mib
Uyi nurlarga to'lib
Onalik nasib qilsin
Vaqtini o'zing bilib
Lek qo'yma kechiktirib
Tunda allalar aytib
Onalik nasib qilsin
Opa-Singil bariga
Shifo bergin dardiga
Yetib ona qadriga
Onalik nasib qilsin!!!