Do'stim, ishlaringiz yurishmadimi?
Harakat omadning naqshi bo'ladi.
Intilganga tole yor deyishadiku,
Hali xamma ishlar yaxshi bo'ladi.
Qo'lingiz siltangda o'tgan ishlarga,
Xozirdan foydali rejalar tuzing.
Hatto tushingizda ko'rsangiz imkon,
Farqi yo'q uyquni yarmidan buzing.
Bilaman xammadan izlanuvchansiz,
Iloji yo'q ishga iloj topasiz.
Hayotda doimo olg'a yursangiz,
Baxt, omad, boylik, quvonch topasiz.
Do'stim, tinglang shamol shivirlashini,
Umr bir kun, bir zum, yeldek o'tmoqda.
Umid uchqunlarin so'ndirmang aslo,
Sizni hali buyuk ishlar kutmoqda!!!
Shuhrat Mutalov