Ranjimagin sevging, menga azob desam. Hijroningda orzularim, sarob desam. Yana meni o'z holimga qo'ygin desam. Ko'ksimga bosh qo'yib, battar tig'laysanmi? Sen ham meni sog'inganda yig'laysanmi? Sensiz qalbim faryodlarga to'lib borar. Jonsiz jismim lahza sayin so'lib borar. Bu dard meni ming bo'lakka bo'lib borar. Sevsang agar holim so'rab kelmaysanmi. Sen ham meni sog'inganda yig'laysanmi...