Onajon Onajon bu galgi yurak so'zimni
Senga bag'ishladim senga azizam
Yo'q-yo'q so'zim emas balki o'zimni
Senga bag'ishladim senga yolg'izim
Sen meni yaratding raxmat ONAJON
Hadya qilding meni yorug' olamga
Yaratding bag'ringdan bag'ishlading jon
Ko'zimni to'ldirding nuru ziyoga
Qancha so'qmoqlardan o'tding yetaklab
Oshno qilding meni xayotga elga
Bazan izlaringdan bordim emaklab
Boshlading sen meni insoniy yo'lga
Bazan sen parvona men chiroq bo'ldim
Sen chiroq bo'lganda bo'ldim parvona
Koyisang yig'ladim erkalasang kuldim
Shul sayin bag'ringda ulg'aydim ONA
Senga ekki qo'llab talpindim doyim
Bazan belanchakdan bazan beshikdan
Men senga intildim sen esa me