Qalbda o'chmas bir qayg'u qoldi. Dilda armon o't bulib yondi. Hatto sevgim o'zimdan tondi. Endi meni sevmaydi hech kim. Sevmas bo'lib arazlar yurak. Aldar meni aldamchi tilak. Bu dunyodan ketmog'im kerak. Endi meni sevmaydi hech kim. Sevolmayman hattoki o'zim.Dardim so'zlar yosh to'la ko'zim.Balki shudir eng so'ngi so'zim. Endi meni sevmaydi hech kim. Bor yo'g'imdan bo'ldim ku judo.Muhabbatsiz ko'nglimda nido. Yolg'iz o'zing o'zing sev xudo. Endi meni sevmaydi hech kim