Dushmanlarim to'qigan Tuxmatlarga ishonmang. Mening kimligim bilmay G'iybatlarga ishonmang Birovga topib nuqson Nomin qoralash oson Men haqimdagi yolg'on Suhbatlarga ishonmang
Kulasiz-u ammo kulgingiz yolg'on. Yuragingiz qiynar adosiz armon. O'zga dil bo'lolmas sizga qadrdon. Mensiz aslo baxtli bo'la olmaysiz. Olamni buzsada sho'xliklaringiz. Goh boru goxida yo'qliklaringiz. Xanuz meni izlar kipriklaringiz. Chunki mensiz baxtli bo'la olmaysiz. Unutaman demang hammasi bekor. Men o'sha ko'ngilga asir chinor. Mag'rurlikdan kechib tan oling bir bor. Mensiz sira baxtli bo'la olmaysiz