Men siz-la baxliman, baxtimdan kulib, Mehringiz taftiga boylangim kelar. Sizning bag'ringizda sevilib, sevib, Eng baxtli AYOLga aylangim kelar... Itoatda bo'lib so'zlaringizga, Sizga hurmat ila o'tkazgan umr. Bir bor tik boqmayin ko'zlaringizga, Munisa AYOLga aylangim kelar... Ketsangiz zor bo'lib izlaringizga, Kelsangiz mehr-la olosam kutib. Farzandimiz tutib qo'llaringizga, Eng baxtli ONAga aylangim kelar... Ko'nglingiz to'lmasa qilgan ishimga, Hatto g'azab bilan bersangiz tanbeh. Yana shukur qilib sizdek kishimga, Eng baxtli AYOLga aylangim kelar...