KENJA QIZNING NOLASI
- Shu qizingni ko'zimga ko'rsatma deganman senga. Kuni bilan ishdan charchab kelsangu, uyda esa asab buzarlik. Yo'qot, ko'zimdan nari qil! - deb ishdan qaytgan er xotiniga baqira ketdi. Ko'zlarini jovdiratib qo'rqib turgan 5 yoshli qizaloq dadasining gaplaridan keyin sekingina onasining orqasiga yashirindi...
- Dadasi axir u qizingizku?! Unda nima ayb? Alloh bersa o'g'il farzandlik ham bo'larmiz...
- O'chir ovozingni.... Beshta qiz tug'ish keldi qo'lingdan, tiling esa ikki qarich. Bitta o'g'il tug'ib qo'y keyin menga nasihat qilasan...
Ayol boshqa hech nima demadi. Qizini opalarining oldiga olib kirdi va eriga dasturxon tayyorladi.
Yarim tun erni t
Rashk insonlarga Odam Ato va Momo Havo davridan me'ros qolgan deyishadi... Odam Ato biror yumush sabab uyiga kech kelgan paytlarda Momo Havo yer yuzida o'zidan boshqa ayol zoti yo'qligini bilsa ham shubhalanib qayerga borganliklarini so'rarkan, uxlab yotgan paytlarida bildirmasdan qovurg'alarini sanarkan.