Olis safarlarga ketdim qarang,
Döstlarim deydilar sog'ingan Onang,
Yuribman mana musoffir bölib,
Men yaxshiman Onajon xavotir olmang .
Qadringiz yana xam bilinib qoldi,
Ög'lingiz özgarib quyilib qoldi,
Hechkimga bildirmay yig'lab xam oldi.
Men yaxshiman Onajon xavotir olmang.
Tushlarimga kirasiz xolmni sörab.
Yana erkalaysiz boshimnan silab,
Tangridan uzoq umrimni tilab,
Men yaxshiman Onajon xavotir olmang.
Yigit man axir kunim köchada,
Sog'inib bedorman bazan kechada,
Ishlashim kerakku yoshim avjida,
Men yaxshiman Onajon xavotir olmang.
Tög'ri tan olaman biroz soddaman,
Yaxshidan yomon köp buni bilaman,
Bu xayot qonuni sabir qilaman,
Men yaxshiman Onajon xavotir olmang.
Sher yozdim