Sog'inmayman, degandim bir kun,
Sog'inmayman, degandim har kun.
Ontim buzib, qo'ydi-mu bugun,
O'zim bilmay, sog'inib qo'ydim.
Goho oshkor, goho yashirin.
Avvallari anglamay sirin,
Suratinga tashlab ko'z qirim
O'zim sezmay, sog'inib qo'ydim.
Yuragimga sanchilib hijron,
Hayolimda bo'ldi namoyon.
Ko'rgim kelib ketdi shu zamon
O'zim bilmay sog'inib q'oydim
O'tgan kunlar tushmi, ro'yomi,
Shirin hayot va yo hayolmi.
Uzoqdagi bir bevafoni,
O'zim sezmay, sog'inib q'oydim