... Balki telbadirman sevganim uchun, ... Ayt Olloh sevganimni nimasi gunoh? ... Axir uni sevdim bor qalbim berib, ... Uni sevganimning nimasi gunoh? ... O'zgalar sevarlar boyligi uchun, ... Men uni sevdim pok qalbi uchun. ... Borligining o'zi quvonch men uchun, ... Uni sevganimning nimasi gunoh? ... Bugun uni eslab yig'ladim, Olloh, ... Nima qilay ko'zimga yosh kelsa nogoh? ... Telbamisan deyishdi insonlar goh-goh, ... Ayt Olloh sevganimni nimasi gunoh?
Ko'zingizni berib turing, yig'lab olay)
Yolg'izginam, farishtaga tenglikkinam,
Jon rishtasin joningizga bog'lab olay.
Ikkimizning dardimiz bir munglikkinam,
Ko'zingizni berib turing, yig'lab olay.
Men boshimni urmagan tosh qolmadi,
Rostin aytsam yuragimda dosh qolmadi.
Qurib qolgan kiprigimda yosh qolmadi,
Ko'zingizni berib turing, yig'lab olay.
Uzun-uzun armonlarim chiqib ketsin,
Zardoblarim ko'z yosh bo'lib oqib ketsin.
Qalbimga bir qizg'aldoqlar boqib ketsin,
Ko'zingizni berib turing, yig'lab olay.
Men shabnamman g'uborlarga qo'nolmayman,
Yo gul bo'lib tosh yurakda unolmayman.
Ko'nolmayman bu dardlarga, ko'nolmayman,
Ko'zingizni berib turing, yig'lab olay.
Quzg'unlarning