Sizning sochlaringiz nursiz, tirnoqlaringiz sinuvchan va ko'z atrofingiz shishli qoramtirroqmi unda bu ichimlik aynan siz uchun! Ushbu ichimlikni har kuni ertalab iste'mol qilsangiz natija sizni uzoq kuttirmaydi. Demak buning uchun sizga kerak bo'ladi:
Masalliqlar:
- sut 300 gr
- banan 1 ta
- suli yormasi (ovsyanka) 3 osh qoshiq
- asal 1 osh qoshiq
Tayyorlanishi:
Ishni blenderda 3-4 qoshiq sut va suli yormasini solib aralashtirishdan boshlaymiz. Keyin mayda to'g'ralgan banan va asalni solib yana aralashtiriladi. So'ng qolgan sutni solib yana bir aralashtirib olasiz! Ana tayyor!
Eslatma: bu ichimlikni faqat quruq ovsyankadan tayyorlasangiz foydasi ko'proq. Chunki quruq suli vitaminlarga boy. Yana bu ichimlikni yangi tayyorlangan holida iching eskirtirib ichish sizga hech qanday foyda bermaydi!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев