So'nggi yo'lga kuzatar beshik,
So'nggi yo'lga ochilur eshik,
Kimga firdavs, kimga otash uy,
Sen o'limni kelmasidan tuy!
Vaqti tayin! oldin ketmasmiz,
Vaqti tayin! keyin ketmasmiz.
O'lim yolg'iz haqning hikmati,
Manosiga xanuz yetmasmiz.
O'lmay turib o'lganlar bordir,
Birov o'lsa,kulganlar bordir,
Bu dunyoda kibr qilganlar,
U dunyoda hor zor bo'lgaylar.
Ajal olar bir kun hammani,
O'lim haqdir,yolg'onini qo'y,
U bilmaydi yahshi yomonni,
Bilsang o'lim- MO'MINLARGA
TO'Y!
ALVIDO
Samimiy edi tuyg’ular,
Afsuski topmadi qaror.
Yot edi bizga qayg’ular,
Unut endi, alvido yor.
Muhabbatim etmay oshkor,
O’tdi qancha tunlar bedor.
Hamon qalbimda beizhor,
Unut meni, alvido yor.
O’zgani aylab ihtiyor,
Mensiz bo’ldingizmi baxtiyor
Mayli unga bo’l vafodor,
Unut meni, alvido yor.
Ayrilish emasdir oson,
Muhabbat ham, sen ham armon
Ne bo’lsa ham bo’lgin omon
Unut meni, alvido yor.
Hotiralar berar ozor,
Unutmoqqa etmas mador.
Sevgingdan bo’lmam umidvor,
Unut meni, alvido yor.
Boriz kechikding, ey ko’ngil,
Kechikkan ishq kimga darkor.
Muhabbating endi bekor
Unut endi, alvido yor.