Demang yuribdi-ku kulib, jilmayib.
Ayol kulib turib o'lishi mumkin,
Dunyoni olishi mumkin jilmayib.
Ayolga baxt bering, saodat bering,
Gar ko'zlari kulib tursa-da,
Bo'g'zining ostida necha ming hasrat
Oy yuzlari kulib tursa-da,
Ko'nglini ko'taring hech bo'lmaganda,
qo'lini silashga sharofat toping.
Yig'lab turganida hech bo'lmaganda
Yoshini artishga muruvvat toping.
Nogoh yerga tushsa oppoq ro'moli,
Bosib o'tmaslikka shafoat toping.
Chaqaloq yalagan etaklarini
Toza deb aytishga adolat toping.
Ayolga baxt bering, saodat bering,
Ilohiy nur toping, hidoyat toping.
Ilohi baxt bergan ayol yonidan
Baxtiyor o'tmoqqa inoyat toping.
Ilohi qalqonsiz, illoh qo'rg'onsiz,
G'iybatlar yirtmasin ko'ylakkinasin.
Ilohi hushyorsiz, illoh bedorsiz,
Itlar tishlamasin yurakkinasin.
Ayolga baxt bering, saodat bering,
Tog' qimirlab, toshlar so'zga kirsa-da,
Ayolga baxt bering, saodat bering,
Oltmishga kirsa-da, yuzga kirsa-da!
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Комментарии 22
Qoyil.
Ofarin.
Тасанно.
Bravo.
Великалетно. Очиривателно.
Прекрасно.