Qaylarda, kim bilan vaqting chog‘ bugun. Yurgan yo‘llaringda kim o‘rtoq bugun. Yuraging qalbimga ko‘p uzoq bugun. Hozircha yodingda yomon bo‘laman. Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman. Yo‘lingga to‘shadim oshiq ko‘nglimni. Tosh diling sezmadi hasta dilimni. Kulgu-la o‘ynading borim sevgimni. Yuraging sezmagan tug‘yon bo‘laman. Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman. G‘ururim bir chetga surib qo‘ygandim. Sen uchun hokisor, g‘arib bo‘lgandim. Qadrim yerga o‘zim ko‘mib qo‘ygandim. Bilmading. Endi qadri osmon bo‘laman. Kun kelar bir buyuk armon bo‘laman. Tuyg‘ular yuraging g‘ashlab ketganda. Bevafo ko‘zlaring yoshlab ketganda. Kimdir yurib- yurib tashlab ketganda. Qalbingga qadalgan paykon bo‘laman.
Ayolga baxt bering, saodat bering,
Demang yuribdi-ku kulib, jilmayib.
Ayol kulib turib o'lishi mumkin,
Dunyoni olishi mumkin jilmayib.
Ayolga baxt bering, saodat bering,
Gar ko'zlari kulib tursa-da,
Bo'g'zining ostida necha ming hasrat
Oy yuzlari kulib tursa-da,
Ko'nglini ko'taring hech bo'lmaganda,
qo'lini silashga sharofat toping.
Yig'lab turganida hech bo'lmaganda
Yoshini artishga muruvvat toping.
Nogoh yerga tushsa oppoq ro'moli,
Bosib o'tmaslikka shafoat toping.
Chaqaloq yalagan etaklarini
Toza deb aytishga adolat toping.
Ayolga baxt bering, saodat bering,
Ilohiy nur toping, hidoyat toping.
Ilohi baxt bergan ayol yonidan
Baxtiyor o'tmoqqa inoyat toping.
Ilohi qalqons