Sevgisiz oqshom.Joningdan o‘tadi bir kun hammasi,Goho hammasidan keladi kechging.Yuragingga to‘lgan yoshlarni emas,Bir hovuch yulduzni keladi ichging.Ochiq derazadan termilasan jim,Yuzingga ataylab urilar parda.Nahot sog‘inmasa, kutmasa hech kimSeni shunday ulkan, gavjum shaharda.Oqshom cho‘kkan. Ana, qaytishar ishdan,Uyga sig‘maganlar chiqar sayrga.Sening yuragingga bir malol tushgan,Na ko‘kka sig‘asan va na-da yerga.Sen uchun ko‘z yumgan o‘sha muhabbatSendan ham ko‘z yumgan allaqachonlar.Endi davron o‘zga, o‘zgadir fursat,Qo‘lingda qolmagan endi imkonlar.Afsus, yulduzlarni bo‘lmaydi ichib,Javobi yo‘q endi savollaringni.Endi jim o‘ylaysan baridan kechibUnutmoqchi bo‘lgan xayollaringni.