Dard cheksam yig'lasa quvonsam kulsa. Hayotda hamisha qadrimni bilsa, To tirik ekanman u vafo qilsa. Shundayin yaqin bir insonim bo'lsa. Niyatim pokiza nurafshon yuzli. Mehribon samimiy doim bir so'zli. Mehmondo'st aqlli halol non tuzli. Shundayin yaqin bir insonim bo'lsa. Yashirmay aytganim sir saqlay olsa. Ishonsam ishonchim u oqlay olsa. Do'stligim bir umr u poklay olsa. Shundayin yaqin bir insonim bo'lsa. Quvonchim alamim men birla yutsa. Sog'inib o'rtanib u meni kutsa. Qiynalsam do'stlik qo'lini tutsa, SHUNDAYIN YAQIN BIR INSONIM BO'LSA.