Ishoning qayerdadir, siz uchun yaralgan, siz bilan xayot yo'lida yonma-yon yurishga, yig'lashga, kulishga, baxt va qayg'uni baham ko'rishga tayyor inson bor...!
Kim uchun farishta kim uchun shaddot. Kim uchun donoman, kim uchun nodon. Ko'nglingiz ranjitsam bilmay nogohon, Uzur...... Insondurman oddiy bir Inson....
Muhammad Yusuf VATANIM Men dunyoni nima qildim, O`zing yorug` jahonim, O`zim xoqon, O`zim sulton, Sen taxti Sulaymonim, Yolg`izim, Yagonam deymi, Topingan koshonam deymi, O`zing mening ulug`lardan Ulug`imsan, Vatanim… Shodon kunim gul otgan sen, Chechak otgan izimga, Nolon kunim yupatgan sen, Yuzing bosib yuzimga. Singlim deymi, Onam deymi, Hamdardu hamxonam deymi, Oftobdan ham o`zing mehri – Ilig`imsan, Vatanim. Sen Mashrabsan, Xalqda tumor, Balxda dorga osilgan, Navoiysan, shoh yonida Faqirini duo qilgan. Yassaviysan, meniki deb, Ko`ringan da’vo qilgan, Ming bir yog`i ochilmagan Qo`rig`imsan, Vatanim. Sen Ho`jandsan, Chingizlarga Darvozasin ochmagan, Temur Malik orqasidan Sirdaryoga sakrag