DUNYO asli o'yin ekan tashlab ketar keyin ekan, Anglaganim shu bo'ldiki ODAM BO'LISH QIYIN ekan, Bug'doy Arpa ekkan bilan, Sher-u Yo'lbars boqqan bilan, shon shuxratga botgan bilan, ODAM BO'LISH QIYIN ekan, Puldan gulxan yoqqanlar bor Oltin Kumush taqqanlar bor Osmon sirin ochganlar bor ODAM BO'LISH QIYIN ekan, Yor ko'nglini olmoq oson, Omad kelsa kulmoq oson, To'y tomosha bermoq oson ODAM BO'LISH QIYIN ekan. Ey Dunyoga Maxliyolar foyda bermas diydiyolar yig'ladilar Avliyolar ODAM BO'LISH QIYIN ekan
Kimlar uchun yugurdim yildim Oyog'imni tildi tikonlar Bu dunyoda ko'p ekan bildim YAXSHILIKNI BILMAYDIGANLAR Olib chiqsang daryodan omon, Nish urar yilkangga chayon, Chayondan xam bo'larkan yamon YAXSHILIKNI BILMAYDIGANLAR
Baxtdan ko'zlaridan uchqun yongan qiz,
Go'zal kelajakka reja solgan qiz.
Ismimdan o'tmishni yodga olgan qiz,
Meni so'rab qolsa, o'lgan deb ayting.
Yonida ishongan insoni bo'lsa,
Hayoti chiroyli, hush oni bo'lsa.
Mehrli quyosh bor osmoni bo'lsa,
Meni so'rab qolsa, o'lgan deb ayting.
Atrofin to'ldirsa doim do'stlari,
Baxtga to'lib tursa nargiz ko'zlari.
Mehrdan rang olsa go'zal yuzlari,
Meni so'rab qolsa, o'lgan deb ayting.
Sevimli insoni qadrini bilsa,
Ko'zidan dildagi dardini bilsa.
Bir-birin yuragin zarbini bilsa,
Meni so'rab qolsa, o'lgan deb ayting.
Va yoki, hammasi ketsa teskari,
Qolmasa yonida suygan do'stlari.
Mehrga tashnahol bo'lsa ko'zlari,
Meni so'rab qolsa .