Muvaffaqiyat nima?
Turli inson uchun turlicha.
Kim uchundir iPhone 15 olish, mashina olish, uy qurish, sayohat qilish, chetda o'qish va hok.
Kim uchundir nimanidir o'rganish, sog'lom bo'lish, baxtli bo'lish va hok.
Biz sog'lom bo'lish, baxtli bo'lish va hotirjamlikka erishishga bo'lgan harakatdan ko'ra pul topishga ko'proq fokus qilamiz.
Bu tabiiy holat. Har bir inson boy, sog'lom va baxtli bo'lishni xohlaydi. Shu tartibda.
Menimcha muvaffaqiyatga erishish dastlabki bosqichi - inson hayotda nimalarni xohlamasligini, qanday hayot kechirishni xohlamasligini anglab yetishi.
Undan keyin o'zi xohlagan hayot tarzi qanday ekanligini aniqlab olishi va keyin o'sha hayot tarzini yaratis
* * *
Meni yigʻlamaydi deya sizga kim aytdi,
Kim kirib chiqibdi mening terimga.
Qoʻying, bilib turib yana mix qoqmang,
Hammadan ham koʻproq ogʻrir yerimga.
Meni yigʻlamaydi deya sizga kim aytdi,
Koʻnglimdan toshlarni terganlar bormi?
Toʻgʻrisi, shu soʻngi kunlar ichida,
Yigʻlamay yurganim koʻrganlar bormi?
Men ham issiq jonman, menda ham qalb bor,
Oʻylamang, dardlardan diydasi qotgan.
Uyimda bironta burchak qolmagan,
Men borib berkinib, yigʻlamay yotgan!
Shu ham gap boʻldimi,
Men ham insonman,
Yigʻlamagan inson qanday inson boʻladi.
Bir kun yigʻlamasam, ertasi albat,
Choʻkib oʻldi degan habar keladi!
Meni yigʻlamaydi deya sizga kim aytdi,
Tilkalangan tunlar boʻlsin guvohim.
Hammani yasa