Ko'p adashib qoldim g'aflat uyqusida
Vafo bor deb netay yorning ko'zgusida
Omad ketib mexrga zor bo'lgan kunim
Kim kimligini ko'rdim xayot ko'zgusida
Sevindilar ko'zlarimdan to'kilsa yosh
G'iybat qilib va ortimdan otilar tosh
O'shal toshga tekkanida bechora bosh
Kim kimligini ko'rdim xayot ko'zgusida
Atrofimda na do'st qoldi na qadrdon
Jon qiynalar oz jonimga o'zim xayron
Qancha qancha orzularim bo'ldi vayron
Kim kimligini kordim xayot ko'zgusida