Bir ayol bor yer yuzida, Ösha mening Onam böladi, Duo bordur har bir sözida, Ösha mening Onam böladi. Bir közida tabassum har dam, Bir közida g'amni yashirgan, Goho shodon goho köngli g'am, Ösha mening Onam böladi. Munis Onam sochlari qirov, Yig'lab turar yig'lasa birov. Suv sörasak choy tutar darrov, Ösha mening Onam böladi. Farzandini kaftida tutgan, Farzand uchun jonini tikkan, Farzandim deb qaddini bukkan, Ösha mening Onam böladi.