Qoshing qora, ko`zlaring qora, Yulduzisan qaysi osmonning? Eslolmasang, o`zim eslatay – Bolasisan O`zbekistonning! Qachon kelding bu yerga o`zi, Ne maqsadda daydib yuribsan? Anchagina ulg`ayibsan-ku, Qorayibsan, ozib-to`zibsan. Jilg`alarsiz daryo quriydi, Daryoyingni qo`yma unutib. Yur, barini eslaymiz birga, Aylantiray qo`lingdan tutib. Yodingdami beshiging, o`g`lim? Undan hali hiding ketmagan. Mahallangning yo`liga qara – Bundan hali izing ketmagan. Qara, onang tandir yonida, Yopayapti sen uchun kulcha. Etagidan ajralmasdingku, Sog`intirding sen uni buncha? Akang bilan uchirgan varrak Boq, osmondan tusholmayapti. Opang seni sog`inib yig`lab, Tishlaganin yutolmayapti. Oxirgi bor qachon eshi
Bu dunyoda har kimning o'rni bor.
Quyoshmi u quyoshday kulsin.
Nozlanmasin qizlarga o'xshab.
Erakakmi u erkakday bo'lsin.
Mayda gaplik emas erga mos.
Vadasizlik go'zallarga xos.
Shundaylardan bitta iltimos.
Erakakmi u erkakday bo'lsin.
Sarg'aymasin kuzlarga o'xshab.
Bechora hol yuzlarga o'xshab.
Manosi yo'q so'zlarga o'xshab.
Kerak bo'lsa kerakday bo'lsin.
Erkak asrar yurtin oynasin.
Raqiblar qo'rqib poylasin.
Nigohiga burgut joylasin.
Erakakmi u erkakday bo'lsin.
Bazilar bor sotar orini.
Kulayb xatto nomard torini.
Qizg'onmaydi xatto yorini.
Kesak bo'lsa kesakday bo'lsin.
Ranjimang so'zimdan iltimos.
Bu bir hofiz qo'shig'i holos.
Suratlari siyratga qo'nsin.
Odammi u o
Echki oy
Erli echki etibor topmabdimush eridan, paymonasi to'libdi zerikibdi baridan. Taka ishdan kech kelib erta ketarmush ishga, vaqt bo'lmasmush takada hattoki bosh qashishga. Uyim joyim deb o'zin o'tga cho'qqa solarmush, ovqatlanib televizor ko'rib uhlab qolarmush. Bora-bora echki oy hojasidan bezibdi, hullaskalom o'zini juda yolg'iz sezibdi. Intirnetda o'tirib chap berarmush humorga, vaqtlar o'tib bog'lanib qolibdi bir qo'chqorga. Shahar ko'rgan qo'chqor ham so'zga gullar o'rabdi, so'ng echkining telefon no'merini so'rabdi. Shirin so'zga echki oy bir semirib ozibdi, erib ketib no'merin intirnetda yozibdi. Telifondagi suhbat yanada avj olibdi, qo'chqor bir kun muhabbat izhor qilib qolib
G`arbda avval sevishib,
So`ng oila qurarlar,
Bizda turmush qurishib,
Keyin yaxshi ko`rarlar.
Bir-birin ko`p o`rganib,
So`ng oila qurib-o,
Chimildiqning sirini
Qaydan bilsin Ovro`po?!
Sharqda turmush qurishib
So`ngra yaxshi ko`rganlar –
Uch farzand tug`ilguncha
Bir-birlarin o`rganar!
Chimildig`i bo`lmagach,
Qolmagach hech farqliklar –
G`arbdagilar ajrashmay,
Ajrashsinmi sharqliklar?!
Ovro`po qaydan bilsin
Dil to`rining ahdini,
Bilmagan odamingdan
Baxt kutishning baxtini!
O`zbek ustun jahondan,
Urfimiz – ko`ngil naqshi.
Yig`lab qaytgan juvondan
Yig`lab ketgan qiz yaxshi!