Kõngling kõchasini tor deb yig'ladim
Qalbingda õzga yor bor deb yig'ladim
Muhabbatim poyingda hor deb yig'ladim
Sen esa kelmading holimni sõrab
Seni deya qalbim tilib yig'ladim
Alamdan sochlarim yulib yig'ladim
Isming bilagimga õyib yig'ladim
Sen esa kelmading holimni sõrab
Bugun yomg'irlarday tõlib yig'ladim
Suvsiz gullardayin sõlib yig'ladim
Õz holimdan õzim kulib yig'ladim
Sen esa kelmading holimni sõrab
Azoblardan kõz yoshim quyib yig'ladim
Oh bu taqdirimdan kuyib yig'ladim
Yolg'iz seni suyib sevib yig'ladim
Sen esa kelmading holimni sõrab
Senga baxtlar tilab yig'ladim
Sõqir sevgim boshin silab yig'ladim
Armon tog'laridan qulab yig'ladim
Sen esa kelmading holimni sõrab
Yu