Mendannima qolar:Ikki misra she’r,…Ikki sandiq kitob,Bir uyum tuproq.Odamlar ortimdanNima desa der, Men seni o'ylaymanO'zimdan ko'proq –Lola, lolajonim,Lolaqizg'aldoq! Men ketsam,yomondanYiroq bo'l, ohu,Chunki sen chiroyli,Ko'rkli bir juvon.Yomon kunlar bir kunYaxshi bo'lar-u, Yomon odam yaxshiBo'lmas hech qachon…Yasha chegaradaTurgandek ogoh,Lola, lolajonim,Lolaqizg'aldoq! Uyda yotibman-u,Sezib turipman,Ko'kda kelayotirQushlar qaytishib.Xayrlar yog'diribQanotlaridan, Xasta shoirigaVido aytishib.Bor, mening uchun hamUlarga qo'l qoq –Lola, lolajonim,Lolaqizg'aldoq! Ularni men yanaKo'rarmanmi-a,Ayvondan odamdekKuzatolmadim.Kuz. To'ylar boshlandi.Yuragim pora – Bitta qizimni hamUzatolmadim…Dema