Qalbga zardob bo'lib to'lganing alam, Gohi ochilmasdan so'lganing alam. Muxabbat muxabbat hammasidan ham Sochga oq tushganda kelganing alam. Kelsang ketgin debon haydolmaganing, Ortga qaytay desang qaytolmagang. Armoning hech kimga aytolmagang. Buni bitta o'zing bilganing alam.