Topmoq yo'qotmoqdur, Yo'qotmoq topmoq. Seni so'lib men yashnab,to'lishimga boq. Sensiz topganimda,ko'proq yo'qotdim. Sen yupatding,seni yeg'latdim. Sen meni yaratding,seni tugatdim. Uyalmay ona deb,kelishimga boq. Sog'inch xaqida she'rlar yozdim o'zimcha, Mendan peshonangda dog'lar tizimcha. O'g'il bo'lmay o'lay,attang ming attang. Qiz tug'sang yetardi,ko'proq qiz tug'sang. Tirgak bo'lolmadim,bitta qizincha. Uyalmay shoirman,deyishimga boq. Joningdan aylanay,turgun jonajon. Yo'l qarab bo'ldimi,jigarginang qon. Boqma ko'zlarimga,bemajol xasta. Meni topganlarim,gulmi bir dasta. Yo'qotganim,yo'qotganim, endi senmi onajon. O'z etimni o'zim,yeyishimga boq. Bilsang,bilsang yuragimni bir alam elar.