Har qanday kun o'tib ketadi,
Nigohlarim ko'klarga yetadi,
Har bir onim baxtli etadi
Otajonim omon bo'lsangiz,
Onajonim omon bo'lsangiz.
Jarohatu dardimga davo
Ushbu ko'zlar, umrimga ma'no,
Jannatlardan bersin nur mavo,
Otajonim omon bo'lsangiz,
Onajonim omon bo'lsangiz.
Ozor berib qildim ko'p gunoh,
Yoshlik qilib ko'p bo'ldim gumrox,
Hayotimga malakdek hamrox
Otajonim omon bo'lsangiz,
Onajonim omon bo'lsangiz.
Sizdek hech kim berolmas vafo,
Men-chi faqat beroldim jafo,
Hali mendan ko'rasiz safo,
Otajonim omon bo'lsangiz,
Onajonim omon bo'lsangiz.
Siz deb ursin vujudda yurak,
Menga boshqa yana ne kerak!
Bittagina bebaho tilak!
Otajonim omon bo'lsangiz,
Onajonim omon bo'lsan
Onadan tug`ildik, kirdik bozorga
Kafanlik oldig-u ketdik mozorga!
(shunday qisqa cheklangan umrimiz davomida barchamiz bir-birimazga mexrli va kechirimli bo`laylik)