Oramizda Uchramasin Xiyonatlik,
Xammangiz Zo’r Olloh Degan Diyonatlik,
Oqibatli Do’stlarmiz Qiyomatlik,
Jigarchilik Yo’qolmasin Jigarlarim.
Singlimdayin Ukamdayin Qondoshimsan,
Yaxshi Yomon Kunlarimda yonimdasan,
Yiqilsang achinaman Jonimdasan,
Jigarchilik Yo’qolmasin Jigarlarim.
Savlatlaring Davramizdi To’ldiradi,
Davlating bo’lmas Ishni Bo’ldiradi,
Pul uchun Oqibat Yo’qolmasin Jigarlarim,
Jigarchilik Yo’qolmasin Jigarlarim.
Birga Yurib Ko’rdik Dunyo Tashvishin,
Birga Yurib Ko’rdik Kunlar Tushdi Boshga,
Xar Biring O’rni Bo’lak Boshqa Boshqa,
Jigarchilik yo’qolmasin Jigarlarim.
Xar qachonda yoningda Turaman men,
Xurmatdasan Xolingdi Sorayman Men,
Seni Olloh Uchun Yaxshi Ko’raman men,
Jigarchilik Yo’qolmasin Jigarlarim.
Ibrohim Ergashev
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев