Kaftimga To’kildi Durdek Duolar,
Iltijoga Tokilgan Yeru Osmonlar,
Kechir O’tgan Bo’lsa Mendan Xatolar,
Onamdi Jonini Og’ritma Rabbim.
Bir Umr Men Uchun Duoyi Jonda,
Uningdek Mehribon Yo’qdir Jahonda,
Tunu Kun So’rayman Yolvorib Sendan,
Onamdi Jonini Og’ritma Rabbim.
Xatto Chumoliga Bermagan Ozor,
Osmondan Ulug’roq Yerdan Hokisor,
Mening Undan Bo’lak Yana Kimim Bor,
Onamdi Jonini Og’ritma Rabbim.
Onam Xasta Bo’lsa Olam Zimiston,
Dunyoda Yurmoqqa Qolmaydi Imkon,
Sajdadan Boshim Olmayman Ishon,
Onamdi Jonini Og’ritma Rabbim.
Boshimga Ne Kelsa O’zingdan Ko’rgim,
Ming Bir Sinovingda Sabrda Turgum,
Borsam Senga Borgum Senga Yolvorgum,
Onamdi Jonini Og’ritma Rabbim.
Bolam Deb Borini Unutgan Ular,
Kel Uni Quvontir Kel Uni Kuldir,
Mening Shukronamga Dunyoni To’ldir,
Onamdi Jonini Og’ritma Rabbim.
Ibrohim Ergashev
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев