Vahb az-Zuhayli: "Yuzning ochiq bo'lishiga ijozat berilgani (hijobda) - ro'paradan yo'nalganda ko'rinadigan qismidir. Shariat ulamolari daxanning ostki qismi yuzga kirmaydi, va uni yopish shart, deyishgan"
[Mug'nil Muhtaj]
Imom Qurtubi: "Arabchadagi yuz - vajh so'zi, muvajaha so'zidan olingan, va yo'nalishni anglatadi (ya'ni ro'paradan qaralganda ko'ringan boshning qismi - yuz. Bunda daxanning osti qismi ko'rinmaydi, demak u qismi avrat, ya'ni yopish kerak). Yuz - bu boshning old qismi; va u peshonadan jag' tugagunicha (daxanning boshlangunicha), va o'ng quloqdan chap quloqgacha"
Ibn Kasir: "Faqihlar yuzning chegarasini peshonaning soch boshlanadigan joyidan, jag'ning tugab, daxan boshlanadigan joyigacha, va kengligi o'ng quloqdan chap quloqgacha, deyishadi"
Присоединяйтесь к ОК, чтобы посмотреть больше фото, видео и найти новых друзей.
Нет комментариев