Siz köngil qöygan ayol dono yoki befaxm, sohibjamol yoki xunuk, badavlat yoki kambağal bölsa xam, uning sizga baxsh eta oladigan yoki bundan sizni maxrum qila oladigan bitta narsasi bor: bu uning yuragi. U sizga butun xusnini, butun kamolotini sotishi mumkin, biroq uning muxabbati bir xazinadirki, uni pulga sotib olib bölmaydi, u bebaxo!! Buning evaziga esa ayol sizdan ozginagina narsa söraydi. Boqishlaringizda sadoqat barq ursa, unga gapirganingizda ovozingiz muloyim chiqsa bölgani, garchi u fikrlaringizni va shuxratparastlarcha intilishlaringizni tezda idrok eta olmagan taqdirda xam, yuragingizga nafratu nopisandlik örmalashiga yöl bermasangiz bas. Mobodo taqdir butun niyyatlaringizni chip