Yangi yil yaqinlashmoqda. Kimdur uyni bezatish uchun reja tuzishni boshlagan, kimdur sovg'alar haqida bosh qotiryapti. Yana kimdur döstlari bilan qayergadir borishni rejalashtirgan. Hullas hamma uchun har hil. Shaxsan men uchun, bu yangi yil optimistik jihatdan qarasam "Yevropa"dagi 1-yangi yilim (ajoyibaaa). Pestimislik bilan qaraydigan bölsam, oilam davrasidan uzoqda, mehribonlarimsiz, döstlarimdan yiroqda, meni umuman tanimaydigan, ajnabiylar orasidagi 1-yangi yilim! (daxshataaa). Realistik jihatdan olsam, yana bir yoshga ulg'ayganimni anglatuvchi, nimalarnidur qila olmagan yana 1 yilim öz nihoyasiga yetayotganini, yana 1 yilimni yöqotayotganimni anglatuvchi: "yangi yilim" ...
Bir vaqtlar sen menga "hayr" deb yozsang, qandaydir bahona bilan seni olib qolgim, yana suhbatlashgim kelardi. Hatto vaqtincha hayrlashishni ham hohlamasdim! Hozir shunday holatga olib kelib qöydinki, agar "salom" deb yozsang ham, senga javoban "alvido" deb yozgim kelyapti...
Bugun yonimda yöqsan! Lekin senga intilmoqdaman. Qölimdan kelganicha senga yetishish uchun harakatdaman. Tinmay ishlayapman. Eng qizig'i sen hayotda paydo bölganingga köp bölmadi. Senga intilguvchilar bisyoooor... Bazan boshqalar senga egalik qilayotgani menga alam qiladi. Seni boshqalar qölida körsam xasaddan yonaman. Ayniqsa faqat özingga xos bolgan qongiroqdek "ovoz"ing meni öziga shaydo qilgan. Oftob yuzinga tushsa yaraqlaysan yana meni özinga chorlaysan!!! Har kuni seni faqat suratinggagina termulaman. Biroq bilaman. Bir kun albatta meniki bölasan!!! Özimning "Iphone 8 gold"im!!! {agagagagagaga}
Suvga tashna daraxt holatini sezish uchun daraxt bölish shart emas. Ögay farzand qalbini sezmoq istasang, shartmas birovga farzand bölib tutinish. Gung odam hech nima deya olmaganida qanday holatga tushishini sezish un soqov bölib tug'ilish shartmas... Könglindan bir bora itarishganida... Hammasini birdaniga sezasan!!!