Nomardlar chalsalar yiqilsam,
Sinovli yo'llarda qoqilsam,
Dushmanlar oldida jim qolsam,
Yonimda turguvchi do'stlarga raxmat.
Chin do'stlik bor bo'lsin, bor bo'lsin abad!
Borimda bilsalar qadrimni,
Dardidek tuysalar dardimni,
Bir aybi bo'ladi har kimni,
Sirim saqlaguvchi do'stlarga raxmat.
Chin do'stlik bor bo'lsin, bor bo'lsin abad!
Olam tan olmasa shonimni,
Balchiqqa qorsalar nomimni,
Qashqirlar g'ajisa nonimni,
Risqini bo'lguvchi do'stlarga raxmat.
Chin do'stlik bor bo'lsin, bor bo'lsin abad!
Yigitga yarashmas sotqinlik,
Do'stlikni buzadi xoinlik,
Umr o'tib ketar, dunyo besh kunlik.
Bizni ajratolmas bo'lsin qiyomat,
Chin do'stlik bor bo'lsin, bor
Yigit Yiqilganida Uni Tepkilama, U Qayta Oyoqqa Tursa Dunyolarni Tiz 4oktiriwi Mumkun. Yiqildi Degani Bu Sindi Degani Emas. Oqibatli Bo'lib, Oqibatni Yoqotmaylik