XOTINIM KETIB QOLDI!!!
Qo`ng`iroq qilib bir qiz,
Menga gap otib qoldi.
Bilib qoptida, essiz,
Xotinim ketib qoldi.
Darrov ketsa-ku xech gap,
Qonim ichdi bidillab.
Jonim- desam burib lab,
Xotinim ketib qoldi.
To`xta, shoshma xotinjon,
Notanish qiz u ishon.
Degunimcha mehribon,
Xotinim ketib qoldi.
O`smasini qo`ymasdan,
Yangi ko`ylak kiymasdan.
Yuzini xam chaymasdan,
Xotinim ketib qoldi.
Ovqat xam qoldi chala,
O`rtada ikki bola.
Qo`ng`iroq qilmay o`la!
Xotinim ketib qoldi.
O`yin emas-ku turmush,
Bijib yotibdi yumush,
Mayliydi bu bo`lsa tush,
Xotinim ketib qoldi.
Supur-sidir idish yuv,
Molni sog`, tovug`ni quv.
Sepmayman xovliga suv,
Xotinim ketib qoldi.
Ko`ylak g`i