Yigit : "Sizni sevib qolsam maylimi" ?-dedi. Qiz biroz o'zini yo'qotdi va bir marta yigitga ko'z tashlab indamay oldidan o'tib ketdi. Avtobusga o'tirgan qiz "ishqilib bu notanish yigit avtobusga chiqmasin" deb pichirladi. Hayriyatki yigit turgan bekatda avtobuslar to'xtamas ekan. Qiz yengil tortganday bo'ldi. Boshini avtobusning oynasiga qo'ygancha o'ylay boshladi :"Telbaroq ekan. Sevish, sevmaslik ham birovdan so'ralarmikan ? Yana yugurib chiqqani ortiqcha. Yuragim chiqay dedi. Uff ! Namuncha o'sha jinni haqida o'ylab qoldim ? Unchalik chiroyli emasdi- ku". Avtobus to'xtadi. Qiz tushib uyi tomon yo'l oldi. * * * Ayni vaqtda yigitning kayfiyati yo'q edi. Qaysidir o'rtog'i unga :"kayfiyating