Ҳар бир аёл ҳаётда ўз эркатойлиги, гўзаллиги, ўз жозибасига эгадир. Умри давомида унга келаётган зарбалар унинг энг соф туйғуларини синдириши, жозибасини йўқотишига сабаб бўлиши мумкин.
Агар ҳар бир аёлнинг ёнида суянчиқлари Отаси, ака-укалари ва жуфти ҳалоли унга қалқон, мустахкам суянчиқ бўлиб, доим уни ҳар вазиятда тушунишар экан, Аёл ҳеч қачон ўз гўзалигини, жозибасини, соғлиғини йўқотмайди.
Rosululloh G'aflat
dardi
bilan og'rib ojiz
qalbim,
Alomati ila to'ldi
mening bag'rim,
Ortdi ammo
kamaymadi ushbu
dardim,
Ayting ''ummat''
maqomidan
tushganmanmi?!
Isyon etib yo
haddimdan
oshganmanmi?!
Bilamanki sahobangiz
bo'lolmayman,
Rosulim deb
yoningizda
turolmayman,
Ammo nechun
tushimda ham
ko'rolmayman,
Shunchalar ko'p
gunohlarga
botganmanmi?!
Yo sunnatdan o'zga
yo'lni
tutganmanmi?!
Rosululloh asta silab
boshlarimdan,
So'ngra aslo nari
ketmang
qoshlarimdan,
Nechun yo'qsiz
qidirsam gar
tushlarimdan,
Istig'forni kamaytirib
qo'yganmanmi?!
Yo o'zgani sizdan
ortiq
suyganmanmi?!
Kimki sizni tushda
ko'rsa rost
ko'ribdi,
Ruxsoringiz diydoriga
xo'p
to'yibdi,
Uyqu oldi ko'zlarim
ham zor
turibdi,