Do'stlik...
Do'st ne? Do'stlik "D" illar ohangi,
Dil sirini mangu saqlagan.
Ikki dilning ohli jarangi,
Bitta dardga birdek aylangan.
Do'st ne? Do'stlik - "O'" lim sharpasi,
O'lim bilan birga yuzlashgan.
Xatto olgan har bir nafasi,
Bir maqsadda ming hisoblashgan.
Do'st ne? Do'stlik - "S" adoqat asli,
Ikki tilda haq so'z- rostlik jam.
Bir umrlik do'stlik zanjiri,
Sirot uzra jannatga qadam.
Do'st ne? Do'stlik - "T" inchlik elchisi,
Ikki dilga halovat ingan.
Shodon kunda sevinch kulgusi,
Chin tabassum yuziga singgan.
Do'st ne? Do'stlik - "L" afzi xalollik,
Va'dasida vafo jamul-jam.
Jamolida nur yuzxotirlik,
Ikki shirinzabon bir malham.
Do'st ne? Do'slik - "I" shqu-muhabbat,
Nafsoniy hirs o