Yaqin kelma!
Uzoq yasha, ko'nglimdan nari
Iztiroblarimga sherik qilmayman.
Bilasan tugashga ulgurdi bari,
Men esa bilsam ham "bilmayman"
Ko'zim osmonida ko'karar qayg'u,
Ko'zlaring yetmaydi ko'rishga buni.
Bir kuni keladi! Shundayin payt u-
Sen meni ko'rasan, men esa uni.
Yelkangga qulaydi armon tog'lari,
Yuragingni yerga berib qaytasan,
Sen meni sog'ingan achchiq tunlari,
Men shiri-i-in o'g'limga alla aytaman.
Sening chirik ruhing tunlar g'ajiydi,
Shamollar yuzinga urar tarsaki.
Egam gunohingdan o'tsa qaniydi,
Axir dil og'rig'i shunday narsaki...
Bo'g'zimda adashar manzilsiz yig'i,
Baxt tilab, baxtimni yutgan sen eding.
Faqat yuragimga botmasin tig'i,
Ko'zim qarshisida turmasin ko'zing.
Bir yalanglik bo'lsa,
To'yib -to'yib baqirsang,
So'nib qolgan ruhingni
Qalqib -qalqib chaqirsang!
Titrasa tovushingdan
Dimiqqan bag'ring ,tanang,
Sochilib dil g'ubori
Qoyadagi maysaday
Silkinib tursa shonang.
Ox desang,oxlar desang,
Bu qanday chog'lar desang,
Yelkamni tog'day bosgan
Bu qanday dog'lar desang!
Qo'l butun,oyog' butun,
Dil nechun og'lar desang,
Bu qanday imkon, oxir
Qo'llarim bog'lar desang..
Bu umid qanday umid,
Dilda jon saqlar desang!
Oh ursang ,ohlar desang,
Bu qanday zamon, oxir!
To'yib-to'yib baqirmoq,
Yonib -yonib chaqirmoq,
Endi bir armon desang.!
Bir yalanglik bo'lsa ,
Aytib- aytib shularni,
Uchirib
Gala -gala qushlarni
To'yib -to'yib baqirsang,
Kuyib- kuyib cha
«АЁЛ»
Дунёга келишинг учун 9 ой ишлаган ҲАММОЛ.
3 йил ошқозонидаги ризқини тенг бўлишган САҲИЙ. Камида 10 йил кирларингни ювган ҲИЗМАТКОР. 20 йил мазали таомлар билан сийлаган ПАЗАНДА..
Туғилганингдан бери ҳамма бемор бўлган пайтларингда мижжа қоқмай ғамхўрлик қилган беминнат ҲАМШИРА. Жонинг учун жонини беришга тайёр ЖОНКУЯР. Ҳеч қачон бирор нарса умидида яхши кўрмаган шунчаки борлигингни бахт деб билган ягона ИНСОН. Емай едирган, киймай кийдирган, биринчи болам есин деб яшаган ФИДОЙИ. Бир сўз билан айтганда ердаги фаришта - бу АЁЛ. Фалак чақса бошларга чақмоқ. Боғ чидамас чидаркан АЁЛ. Энг буюк дард дейдилар тўлғоқ. Тоғ чидамас, чидаркан АЁЛ. Гар ташналик бағрини тилса, эр чидамас чидаркан
Meni duo qiling jonim onajon.
Zora duoingiz ko'klarga yetsa.
Meni umidlarim nochor, chalajon,
Zora duo bilan tirilib ketsa.
Meni duo qiling jonim onajon.
Sizni duoingiz eshitar Xudo.
Omad kelishidan ketishi oson.
Shodlikka salom dey,g'amga alvido.
Meni duo qiling jonim onajon.
Qachon baxtim kular?qachon kulaman?
Qachongacha meni qiynaydi bu dard.
Qachongacha sizga tashvish bo'laman.
Meni duo qiling jonim onajon.
Yaqinim qalbiga berganman ozor.
Noumid shaytondir, noumid shayton.
Qalbimni qiynagan bitta dardim bor.
Meni duo qiling jonim onajon.
Aylanib boryapman yuragi muzga.
Meni ko'nglim sarson yuragim sarson.
So'rang shifo so'rang farzandingizga...